NATO sobiq bosh kotibi AQShni “jahon politsiyachisi” bo‘lishga chaqirdi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNATO bayrog‘i
NATO bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika "dunyo tartibsizlikka duchor bo‘lmasligi" uchun zarur bo‘lgan "axloqiy va moddiy obro‘"ga ega, deb qo‘shib qo‘ydi Rasmussen.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen AQShni “erkin dunyoni o‘z ortidan ergashtirish” uchun “jahon politsiyachisi” bo‘lishga chaqirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

The Wall Street Journal gazetasi uchun yozgan maqolasida Rasmussen bir paytlar Rossiya prezidenti unga "NATOni tarqatib yuborishni" taklif qilganligini aytadi.

"Stol oldiga o‘tirishga ulgurmasimdan Vladimir Putin menga NATOni ushlab turishdan hech qanday ma’no yo‘qligini, uni tarqatib yuborish kerakligini aytgandi", — deb ta’kidlaydi u.

Rasmussenning aytishicha, u 2009 yil dekabrda Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidenti “Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh tomonidan tashkil etilgan dunyoviy tartibga qarshi chiqayotganligini” his qilgan. NATOning sobiq bosh kotibi “terrorizm urug‘ini sochuvchi” Liviyani, “kuch to‘playotgan” Xitoyni va “yadroviy zarba” bilan tahdid solayotgan KXDRni “erkin dunyo”ga xavf soluvchi kuchlar deb hisoblaydi.

8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti: alyans Moskvadan bo‘ladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda

"Bizning bir-biriga chambarchas bog‘liq olamimizda “global qishloq” haqida gapirish odat tusiga kirgan. Lekin hozirda bu qishloqqa o‘t ketgan, qo‘shnilar esa olov shu’lasida bir-birlari bilan urishishmoqda. Bizga tartib o‘rnatish uchun politsiyachi kerak; bundan tashqari nizo olovini o‘chiradigan o‘t o‘chiruvchi ham kerak, tiklanish jarayonini boshqarish uchun aqlli va sog‘lom fikrlovchi mer kerak", — deydi sobiq bosh kotib.

Rasmussenning fikricha, dunyoda faqatgina Amerika bu muammolarni hal qilish uchun “yetarlicha ishonch"ga ega: Rossiya "SSSR tarqalganidan keyin qo‘lidan chiqargan imperiyasini tiklash bilan ovora", Xitoy — "hozircha hududiy o‘yinchi", Yevropa "zaif, parchalangan va yetakchisi yo‘q", "eski hukmdorlar" — Fransiya va Buyuk Britaniya esa "ilgarigi dunyoviy rollarini o‘ynash uchun judayam kichkinalik" qiladi.

Bundan tashqari, Amerika "dunyo tartibsizlikka duchor bo‘lmasligi" uchun zarur bo‘lgan "axloqiy va moddiy obro‘"ga ega, deb qo‘shib qo‘ydi Rasmussen.
Daniyalik Anders Fog Rasmussen NATOga 2009-yildan 2014-yilgacha rahbarlik qilgan. 2011-yilda NATO boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Muamar Kaddafiy rejimiga qarshi Liviyaga bostirib kirgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu operatsiya davomida 25 ming kishi halok bo‘lgan, 60 ming kishi jarohatlangan va 3 ming kishi nogiron bo‘lib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0