"Biz ularni hojatxonada gumdon qilamiz" yoxud Putinning eng yorqin iboralari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining yorqin va mo‘ljalga aniq tegadigan iboralari bilan ham mashhur. Putinning eng mashhur "biz ularni hojatxonada gumdon qilamiz" degan gapi bundan roppa-rosa 17-yil oldin, 1999-yilda Putinning Ostonaga safari vaqtida aytilgan

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni mintaqalararo hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi forumda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Ostonasiga safar uyushtirdi. Sputnik agentligi Rossiya prezidentining eng yorqin iboralarini e’tiboringizga havola qilmoqda. Sputnik Qozog‘iston xabari asosida.

Vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Putin Ostonada Nazarboyev bilan uchrashdi
"Rossiya samolyotlari Chechenistonda faqat va faqat terrorchilar bo‘ylab zarba bermoqda va berishda davom etadi. Biz terrorchilarni ular qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar ta’qib etishda davom etaveramiz, aeroportda bo‘lsa — aeroportda. Kerak bo‘lsa, meni kechirasizu, agar biz ularni hojatxonada ushlab olsak, o‘sha joyning o‘zida gumdon qilamiz. Bo‘ldi, masala yopildi", — degan edi 1999-yilda Bosh vazir sifatida Ostonaga tashrif buyurgan Vladimir Putin.

Cho‘kib ketdi

2000 yilning sentabrida Si-en-en telekanali boshlovchisi Larri King "Rossiyaning "Kursk" suvosti kemasiga nima bo‘ldi?" deb savol berganida, Putin qisqa qilib: "Cho‘kib ketdi" deya javob qaytargan edi.

Eshkakli kemadagi qul singari

"Rossiya Federatsiyasiga prezident bo‘lishimni istab men uchun ikki marta ovoz bergan, meni saylagan xalqim oldida vijdonim pok. Mana shu sakkiz yil davomida xuddiki eshkakli kemadagi qul singari tong sahardan oqshomgacha bor kuchimni sarflab mehnat qildim", — degan edi Putin 2008-yilda Kremlda bo‘lib o‘tgan "katta" anjuman vaqtida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
"Orzu qilmanglar": Putinning eng mashhur iboralari
Bu yerga qarang!

"Bu yerga qarang! Va mening gaplarimga diqqat bilan quloq tuting! Agar zerikayotgan bo‘lsangiz, unda marhamat…", — deb eshik tomon ishora qilgan edi Rossiya prezidenti 2003-yilda Rossiya Davlat Dumasi va Xavfsizlik kengashida maynavozchilik qilib o‘tirgan mansabdorlarga.

Sunnat haqida

"Agar sizda eng radikal islomiyga aylanish va o‘zingizni sunnat qilish niyati bor ekan, men sizlarni Moskvaga taklif qilaman. Men o‘zim sizlarni shunday operatsiya qilishlarini tavsiya qilamanki, toki u joyingizdan qaytib hech narsa o‘sib chiqmaydi", — deb aytgan edi Putin 2002-yilda Rossiya-YeI sammitidan so‘ng, bir jurnalistning Rossiya Chechenistondagi erkinlikni zo‘ravonlarcha bostirapti degan ta’kidiga.

"Yana deng gap poylashadi"

"Matbuot vakillariga haqida nima deyishim mumkin? Boshqa bir tashkilotda ishlaganimda, o‘zaro hazil qilar edik: ularga borib qarab kelinglarchi, deb yuborsak, ular bir yo‘la gap poylash bilan ham shug‘ullanadi, deb. Xullas, bu ish yaxshimas", — degan edi Putin 2006-yilning oktabrida o‘tkazilgan "to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot" vaqtida o‘zining matbuot uchun mo‘ljallanmagan bir gapi nashrlarda chop etilganidan so‘ng.

Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin koinotning eng hurmatga sazovor kishilari o‘nligidan joy oldi
Bushga ham osonmas

"Rahbarlar ko‘p, so‘ngso‘z esa — davlat rahbari tomonidan aytiladi. Bu tabiiyki, ma’nan og‘ir yuk… Bu ham katta, ham kichik davlat rahbariga tegishli. Siz nima Bushga oson deb o‘ylaysizmi?, — degan edi Putin fevral oyida o‘tkazilgan "yirik" anjumanda jurnalistlar tomonidan berilgan savolga javob berar ekan.

Sassiq "xrushchovkalar"

"Uy-joy qurilish standartlarini o‘zgartirish masalasini ishlab chiqinglar, eng avvalo harbiy xizmatchilar uchun turar joy masalasi hal etilishi lozim. Va ishni Uzoq Sharqdan boshlaylik. Men bu narsaga sizlarning e’tiborlaringizni qaratapman va hammasi rossiyalik ofitserlarga mos tez va munosib tarzda amalga oshirilishini xohlayman. Bizning odamlarimiz sassiq "xrushchevkalar"da yashamasliklari lozim", — degan edi Putin o‘tgan yilning noyabr oyida Qurolli kuchlar rahbariyati bilan uchrashuvda.

So‘nggi jinsiy aloqa

"Mendan jinsiy aloqa bilan qachondan shug‘ullana boshlaganim haqida so‘rashgan", — dedi Putin 2006-yilning iyulida o‘tgan internet-anjuman haqida gapirar ekan. "Xo‘sh qachondan?", — deya takror so‘rashdi ular. "Esimda yo‘q. Lekin eng so‘nggi bor bu ish bilan qachon shug‘ullanganimni ayta olaman. Hatto, daqiqasigacha aniq aytolaman", — deya javob bergan Putin.

Haqiqiy erkak

2004 yilning dekabrida Kremlda o‘tgan matbuot-anjumanida Putin Rossiyada so‘z erkinligi bilan bog‘liq muammo bormi, degan savolga javob berar ekan, mashhur bir italyan filmini yodga oldi. "O‘sha filmda shunday jumla bor — "haqiqiy erkak hamisha urinishi, haqiqiy ayol esa unga qarshilik ko‘rsatishi kerak". Putin OAVlarga shu jumla asosida harakat qilishni maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0