"Orzu qilmanglar": Putinning eng mashhur iboralari

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-anjumanlarda aytgan eng yorqin iboralarini e’tiboringizga havola qilamiz.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. RIA-Novosti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-anjumanlardagi eng yorqin iboralarini e’tiboringizga havola qiladi.

Rossiya va G‘arb to‘g‘risida
"Nimagaki qo‘l urmaylik, har doim muammolarga, qarshiliklarga duch kelamiz. Qarshi kurashuvchilar hamisha topiladi. Valday klubidaligimda o‘zimcha taqqosladim: agar bizning ayig‘imiz jim yotsa, taygada to‘ng‘izlarni quvlamasa, balki uni tinch qo‘yishmas? Uni zanjirband qilishga urinishar… <..> Shunday bo‘lishi bilanoq ayiq ham keraksiz bo‘lib qoladi. Undan tulum yasaydilar. Keyin esa taygani o‘zlashtirishni boshlashadi. Biz G‘arb rasmiy vakillaridan bu kabi bayonotlarni eshitganmiz. Sibirning Rossiyaga qarashi — adolatsiz, deb hisoblaydi ular" (18 dekabr 2014-yil).
Saroydagi to‘ntarishlar haqida
"Saroyda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan to‘ntarishlar sizda g‘ulg‘ula uyg‘otmasin. Bizda saroylar yo‘q, shunday ekan, “saroy to‘ntarishi” ro‘y berishi ham mumkin emas. Rasmiy qarorgohimiz — Kreml, u yaxshi himoya qilingan. Va bu davlatimiz tinchligi omillaridan biridir" (18 dekabr 2014-yil).
Prezidentlik ishi to‘g‘risida
"Sakkiz yil davomida ko‘p eshkakli kemadagi qul singari tinim bilmay ishladim. Ertalabdan to kechgacha. Bor kuchimni sarflab… Shu sakkiz yil davomidagi hayotimni oddiy inson hayotini izdan chiqarib yuborgan uzoq safarga qiyoslayman. " (14 fevral 2008-yil).
Amerikaga qarshi nutq haqida
"Amerikaga, g‘arbga, umuman, har qanday mamlakatga qarshi qaratilgan nutqlar bizga kerak emas. Ular zararli. Sizu biz, balki, faqat men, yaxshi nasroniy bo‘lmasam kerak: "o‘ng yuzingdan urishganda, chapini tutib ber deyilgan", ammo, shaxsan men, bunga ma’nan tayyor emasman. Agar bizga tarsaki tushirishgan bo‘lsa, albatta, javob qaytarish kerak. Aks holda, bu odatga aylanib qoladi" (20 dekabr 2012-yil).
Rangli inqiloblar haqida
"Agar butun sobiq Ittifoq hududi haqida gapirsak, meni eng avvalo bezovta qiladigan narsa — bu siyosiy muammolarni kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilishlik harakati. Bu – juda xavfli. Umuman, rangli inqiloblar – pushti deysizmi, moviy ranglisini ixtiro qilishsa ham ajabmas — o‘ta xavfli. Qonunga bo‘ysungan holda yashashga ko‘nikish kerak" (23 dekabr 2004-yil).
Sog‘lig‘i haqidagi mishmishlar to‘g‘risida
"Sog‘lig‘im haqidagi savolga har doimgidek javob beraman – orzu qilmanglar!" (20 dekabr 2012-yil).
Mehnati samarasi haqida
"Erishgan natijalaridan hech qachon qoniqish hosil qilmaslik — inson zotiga xos. Biz hamisha yanada ko‘proq xohlaymiz. Ammo, o‘tgan vaqt mobaynida amalga oshirgan ishlarimni qoniqarli, deb bilaman" (31 yanvar 2006-yil).

Yangiliklar lentasi
0