"Lukoyl" O‘zbekiston neft-gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tish"Lukoyl" ishchilari
Lukoyl ishchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Lukoyl" ko‘magida Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ikkita elektron o‘qitish xonalari ochildi

30 sen – Sputnik. "Lukoyl" OAJ va "O‘zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi (MXK) O‘zbekiston neft-gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Hujjat Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman doirasida imzolandi.

Lukoyl kompaniyasi belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Lukoyl Qandim proyektiga Janubiy Koreya mablag‘ini jalb qiladi

"Lukoyl" O‘zbekistonda yuqori texnologik uskunalardan foydalaniladigan loyihalarni amalga oshirmoqda, shuning uchun respublika neft-gaz sanoati malakali kadrlar bilan ta’minlanishidan manfaatdormiz", — dedi "Lukoyl"ning tashkiliy rivojlanish va kasbiy boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Yuriy Pixtovnikov jurnalistlarga. Uning aytishicha, hujjat ta’lim-ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik tamoyillari va shartlarini belgilab beradi.

Pixtovnikov aprel oyida "Lukoyl" ko‘magida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi uchun xodimlar tayyorlanadigan Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ikkita elektron o‘qitish xonalari ochilganini eslatib o‘tdi.

Rossiya kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, "Lukoyl Uzbekistan Opereyting kompani" (respublikadagi loyihalar operatori)da bugungi kunda 1,8 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi, ularning 85%ini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Kelgusida xodimlar sonini 3 ming nafarga yetkazish, bunda mahalliy kadrlar ulushini yanada oshirish rejalashtirilmoqda.

"Lukoyl" O‘zbekistonda uchta loyiha: Qandim-Hovuzak-Shodi uchastkalari, Janubi-g‘arbiy Hisor konlarida hamda xalqaro konsorsium tarkibida Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismida geologik razvedka ishlarini amalga oshirmoqda. Dastlabki ikki loyiha doirasida "Lukoyl" Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida 2020-yilga qadar 18 milliard kub metr gaz qazib olishni, investitsiyalar hajmini 8 milliard dollargacha yetkazishni rejalashtirgan.

OAO Lukoyl prezidenti Vagit Alekperov - Sputnik O‘zbekiston
LUKOYL O‘zbekistonda barcha loyhalarini belgilangan muddatda bajaradi

Aprel oyida "Lukoyl" Qandim konlari guruhi loyihasi doirasida yiliga 8,1 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega gazni qayta ishlash zavodi majmuasini qurishga kirishdi. Zavodning birinchi navbati 2018-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning birinchi bosqichida kiritiladigan investitsiyalarning umumiy miqdori 3,3 milliard dollar deb baholangan.

Yangiliklar lentasi
0