Toshkent 4 avg — Sputnik. Qandim gaz qayta ishlash zavodining birnchi navbatini 2018-yilda ishga tushirish muljallangan.
“Neftanie vedomosti” gazetasining xabar berishicha, Lukoyl kompaniyasi rahbariyati Qandim guruhi gaz konlarini ishga tushirish maqsadida Janubiy Koreya banklariga mablag‘lashtirsh uchun murojat qilishga tayor.
Ushbu qaror Hyundai kompaniyasining Qandim konida gazni qayta ishlash zavodi qurish uchun o‘tkazilgan tenderda qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan bog‘liq, deb ta’kidladi kompaniya prezidenti Vagit Alikperov.
Hozirgi paytda Lukoylning Uzbekistondagi loyhalari Osiyo taraqqiyot banki tarafidan mablag‘lanib kelmoqda.
Zavodning quvvati yiliga 8,1 mlrd kubometr bulgan birinchi navbati 2018-yilda ishga tushadi, 2019-yildan keyin esa qazib olish hajmi yiliga 17 mlrd kubometrgacha kupaytirish rejalashtirilgan.
Lukoyl, shu qatorda, Buxoro viloyatidagi gaz kondensatli konlardan yiliga 4 mlrd kubometr gaz qazib olishni yulga qo‘ymoqda. 2017-yilda kompaniya tomonidan regionga kiritiladigan mablag‘lar hajmi 8 mlrd dollarga yetkirish rejalashtirilgan. Loyxa 2039-yilga qadar mo‘ljallangan.
Qandim – Xauzak – Shodi – Qo‘ng‘irot guruhi konlarini ishga tushirish Rossiya va O‘zbekistonning yonilg‘i-energetika majmuasidagi eng yirik qo‘shma loyxalaridan biridir.
Lukoyl Qandim proyektiga Janubiy Koreya mablag‘ini jalb qiladi
18:37 04.08.2015 (yangilandi: 18:38 18.08.2015)
© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Obuna bo‘lish
Lukoyl Qandim proyektiga Janubiy Koreya mablag‘ini jalb qiladi.