So‘rov natijasi: AQSh dunyoda xavfsizlikni kuchaytirmadi

© AFP 2023 / STAN HONDA2011 yil 11-sentabr AQSh
2011 yil 11-sentabr AQSh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2011 yil 11-sentabrdagi terrorchilik hujumlaridan keyin AQSh ichki va xalqaro xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan qator choralarni ko‘rdi. Terrorchilik xavfini kamaytirish maqsadida Afg‘oniston va Iroqqa bostirib kirildi.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik matbuot xizmati. Sputnik tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra Germaniya (74 %), Fransiya (65 %), va Italiya (63 %) aholisining aksariyat qismi AQShning 11-sentabr voqealaridan keyin terrorizmga qarshi kurash choralari dunyoda xavfsizlikni kuchaytirmadi deb hisoblaydi. AQSh aholisi esa aksincha fikrda: so‘rovda qatnashganlarning 54 %i ularning mamlakati terrorizmga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotganini aytgan bo‘lsa, 39 %i bu fikrga qo‘shilmagan, 7 %i esa “bilmayman” degan javobni bergan. Ushbu ma’lumotlar Sputnik axborot agentligi va radiosining buyurtmasiga binoan Ifop tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

so‘rovnoma
so‘rovnoma - Sputnik O‘zbekiston
so‘rovnoma

IFop kompaniyasi tomonidan 28-iyundan 4-iyulgacha Germaniya, Fransiya, Italiya va 26-30 avgust kunlari AQShda o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshi 18dan yuqori bo‘lgan 4015 kishi qatnashdi.

2011 yil 11-sentabrdagi terrorchilik hujumlaridan keyin AQSh ichki va xalqaro xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan qator choralarni ko‘rdi. Terrorchilik xavfini kamaytirish maqsadida Afg‘oniston va Iroqqa bostirib kirildi.

Yangiliklar lentasi
0