"Qoplardagi jasadlar" degan gapdan so‘ng Rossiya AQShga g‘urur haqida eslatib qo‘ydi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishSuriya armiyasi jangchilari terrorchilardan ozod qilingan Ramus tumanida (Aleppo janubi)
Suriya armiyasi jangchilari terrorchilardan ozod qilingan Ramus tumanida (Aleppo janubi) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi sal oldin, agar Suriyada fuqarolar urushi davom etsa, terrorchilar Rossiya manfaatlari va shaharlari bo‘ylab zarba berishlarini, rasmiy Kreml esa "o‘z harbiylarini uylariga qoplarda yuborishda davom etishini" aytgan edi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh Davlat departamenti vakili Kirbining Suriyada harbiy harakatlar davom etadigan bo‘lsa, Rossiya hududi teraktlar yuz berishi mumkin, degan gapidan so‘ng, unga ofitserlik g‘ururi tushunchasi haqida eslatib qo‘yishdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

AQSh, Boston shahri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyani ekstremistlar hujumi bilan qo‘rqitishga o‘tdi
AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi sal oldin, agar Suriyada fuqarolar urushi davom etsa, terrorchilar Rossiya manfaatlari va shaharlari bo‘ylab zarba berishlarini, rasmiy Kreml esa "o‘z harbiylarini uylariga qoplarda yuborishda davom etib, ehtimol samolyotlaridan ham mahrum bo‘lishi" haqida aytgan edi.

"Kirbi aytmoqchi, Rossiya samolyotlari yo‘qotilishi ehtimoli hamda rossiyalik harbiylarning jasadlari uylariga qoplarda jo‘natilishi mumkinligiga kelsak, mening fikrim quyidagicha… Bu dialogda bizning harbiylarimiz va Rossiya fuqarolari hayotiga tahdid haqida hatto sha’ma qilishning keragi yo‘q. 

Rossiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlash masalasida, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, biz hech qachon bu borada hech kim bilan savdolashmaymiz. Fuqarolarimiz xavfsizligi — hamma narsadan ustun", — deb ta’kidladi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov.

"Admiral kitelini oddiy kostumga almashtira turib, ofitserlik g‘ururi haqida unutmaslik lozim", — qo‘shimcha qildi mudofaa mahkamasi vakili.

Xoms shahri - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada gumanitar yordam karvoni o‘qqa tutildi
"Rossiyaga hamda Suriyada bo‘lgan Rossiya harbiylariga qarshi aytilgan tahdidlar amalga oshiriladigan bo‘lsa, terrorchilar qop ham qochish uchun vaqt ham topa olishlari amrimahol", — deya ta’kidladi qat’iy ohangda Konashenkov.

Konashenkov, shuningdek, AQSh Davlat Departamentining bu kabi ta’kidlari Suriyadagi "muxolifat" — bu AQSh nazorati ostida bo‘lgan "xalqaro" terrorchilik ekanligi haqida qo‘shimcha qildi. "Kirbining so‘zlaridagi Amerikaning terrorchilar faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri, ayniqsa, ularning Rossiyaga ham qo‘li yetishi haqidagi "iqrorlari" ayniqsa meni larzaga soldi", — dedi Mudofaa vakili.

Yangiliklar lentasi
0