TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Moskvani Rossiya shaharlariga uyushtiriladigan ekstremistlar hujumlari hamda Suriyadagi harbiy yo‘qotishlar bilan qo‘rqitishga urindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Suriyada Rossiya "zo‘ravonliklari" davom etadigan bo‘lsa, bu yaxshilik bilan tugamaydi.
"Buning oqibati nima bo‘lishi mumkin? Suriyada fuqarolar urushi davom etaveradi, ekstremistlar guruhlari Suriyada yuzaga kelgan hokimiyat vakuumidan o‘z operatsiyalarini kengaytirish uchun foydalanadilar. Bu operatsiyalar, shubhasizki, Rossiya manfaatlari, ehtimol Rossiya shaharlari bo‘ylab zarba berishni o‘z ichiga olishi mumkin. Va Rossiya o‘z harbiylari jasadlarini uylariga qoplarda jo‘natishda davom etaveradi. Qolaversa, o‘z mablag‘lari, balki hatto, samolyotlaridan ham mahrum bo‘lishda davom etaveradi", — dedi Kirbi.
Rasmiy Kreml esa bu kabi e’tirozlarni "asossiz" deb atab, barcha zarbalar faqatgina nishonlar yaxshilab tekshirilgach berilishi haqida aytib keladi. Amerikaning Rossiya fuqarolar obyektlarini nishonga olishi haqidagi gap-so‘zlari esa hech qachon o‘z isbotini topmagan.