Suriyada gumanitar yordam karvoni o‘qqa tutildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishXoms shahri
Xoms shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uchun gumanitar yordam jo‘natganligini ma’lum qilgandi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. BMT Rossiya va AQShga Halabda gumanitar yordam karvoni o‘qqa tutilganini ma’lum qildi va surishtiruv ishlari o‘tkazilishini kutmoqda, dedi RIA Novostiga gumanitar masalalarni koordinatsiya qilish boshqarmasi matbuot kotibi Yens Lerke.

"Hamraislar butun vaziyatdan xabardor. Biz qanday hol yuz berganini aniqlashga urinmoqdamiz. Bunday qurolga ega barcha taraflarga ta’sir ko‘rsata oladigan hamraislar xabardor qilindi", — dedi u.

Lerke "dalil to‘plash uchun tergov o‘tkazish zarurligini” ta’kidladi.

"Vaziyat siyosiy jihatdan juda qaltis va sodir bo‘lgan hol uchun u yoki bu tomonni ayblash oson. Lekin bu juda xavfli va avvalo dalillarni aniqlash zarur", — dedi Lerke.

Ilgariroq BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uchun gumanitar yordam jo‘natganligini ma’lum qilgandi. BMT gumanitar yordam karvoni Halab shimoli-g‘arbidagi Urum-al Kubro tumanida o‘qqa tutilgan. BMTning ma’lumotiga ko‘ra, 31ta yuk mashinasidan 18tasi o‘qqa duch kelgan. Xalqaro Qizil xoch jamiyati hujum natijasida bir nafar ko‘ngilli va bir nechta tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0