Koreya jurnali O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari haqida maqola chop etdi

© fotoliaAdolat va qonun ramzi
Adolat va qonun ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqolada O‘zbekistonda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini insonparvarlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarga ham yuqori baho beriladi

TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Koreyada chiqadigan The Korea Post jurnalining navbatdagi sonida O‘zbekistonda sud-huquq tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan tub islohotlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar beradi "Jahon" axborot agentligi.

Maqolada huquqiy demokratik davlatning asosini fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi kuchli va odil sud-huquq tizimi tashkil etishi, bu esa o‘z navbatida mamlakat farovonligi va rivoji uchun sharoit yaratishi e’tirof etilgan.

Qonun va huquq ramzi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qabul qilinayotgan yangi qonunlar anti-korrupsion ekspertizadan o‘tkaziladi

"O‘zbekistonda milliy xususiyatlar va ilg‘or xalqaro tajriba hisobga olingan holda huquq tizimi va iqtisodiyotning liberallashtirilishi, davlatning demokratlashuvi va zamonaviylashuvi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Islohotlarning birinchi bosqichida sudlovning, chin ma’noda mustaqil, alohida sud tizimining qonuniy asoslari yaratildi, xususan, aybsizlik prezumpsiyasi, himoyalanish huquqi, sud jarayonining xolis va oshkora o‘tishi kabi umume’tirof etilgan tamoyillar mustahkamlandi va rivojlandi", – deyiladi nashrda.

The Korea Post mushtariylarni O‘zbekistonda qonunchilik va ijro hokimiyatining hujjatlari Asosiy Qonunga muvofiq kelishini ta’minlovchi Konstitutsion sud hamda xo‘jalik va umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi tashkil etilganligidan xabardor qiladi.

Sud sohasining liberallashtirilishida sud-huquq tizimini islohot qilish borasida mustaqillik yillari davomida to‘plangan tajriba asosida yuzaga kelgan yangi tahrirdagi "Sudlar haqida"gi Qonunning qadam qabul qilinishi muhim qadam bo‘lganligi ta’kidlanadi.

"Ushbu hujjatga muvofiq hokimiyat va sudlarning bir-biridan ajratilishi, sud tizimining ijrochi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan butkul chiqishini ta’minlashning samarali mexanizmlari yaratildi. Shu bilan birga sudlarning jinoiy, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi hamda ishlarni ko‘rishning apellyatsion tartibi joriy etildi va kassatsion instansiya isloh qilindi", – deyiladi maqolada.

Binokl tutgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi qonun bilan himoyalandi

Maqolada O‘zbekistonda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini insonparvarlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarga ham yuqori baho beriladi. Xususan, o‘zbek xalqining mentalitetini aks ettiruvchi va o‘zbek millatiga xos bag‘rikenglik, mehr-muruvvat va kechirimlilik xususiyatlarini ifodalovchi yarashuv institutining samarali tatbiq etilganligi ta’kidlanadi.

"Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi orqali O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarining to‘liq va ishonchli himoya qilinishini ta’minlash yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu dasturilamalda "Xabeas korpus" institutining joriy etilish sohasini kengaytirish, sudlarning mustaqilligi, xolisligi va betarafligini ta’minlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berildi", –deb yozadi nashr.

Umuman olganda, O‘zbekistondagi gumanizm g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan sud-huquq islohotlari yosh mustaqil davlatning poydevorini mustahkamladi. Bu esa tinchlik va barqarorlik, eng asosiysi, respublikada istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning farovonligi va baxti garoviga aylandi, deb yozadi The Korea Post.

Yangiliklar lentasi
0