O‘zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi qonun bilan himoyalandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishBinokl tutgan erkak
Binokl tutgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’muriy javobgarlik kodeksining 46 moddasiga muvofiq, fuqaroning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot to‘plash, shaxsiy yoki oila siri bo‘lgan ma’lumotlarni fuqaroning roziligisiz tarqatish eng kam ish haqining 10dan 40 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik Kodeksi va Jinoyat Kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirildi. O‘zgartirishlar kishi shaxsiy hayoti dahl qilinganlik uchun javobgarlik qo‘llanilishini nazarda tutadi. Kodekslarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi, deb xabar qilgan UZ24.

Tuzatishlar 24-sentabrdan boshlab kuchga kirgan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksining 46-moddasiga muvofiq, fuqaroning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot to‘plash, uning shaxsiy yoki oila siri bo‘lgan ma’lumotlarni uning roziligisiz tarqatish eng kam ish haqining 10dan 40 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat Kodeksining 141 moddasiga muvofiq, xuddi shunday harakatlar eng kam ish haqining 50dan 100 baravarigacha jarima yoki3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazosi bilan jazolashga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0