TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Bundan buyon ishlab chiqilayotgan normativ-huquq aktlar loyihalari – qonunlar, parlament, prezident va Vazirlar mahkamasi qarorlari, mahalliy hukumat organlari va vazirliklar normativ-aktlari antikorrupsion tekshiruvdan o‘tkaziladi, Lex.uz sayti xabari asosida.
Ushbu tekshiruv uslubi O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqarildi.
Unda aytilishiga qaraganda, yangi metodikaning asosiy vazifasi – loyihalarda korrupsiya uchun imkon yaratishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish uchun kerakli maslahatlar berishdir.
Loyhani ta’riflovchi matn qisqa va lo‘nda qilib va oddiy so‘zlar yordamida izohlanishi, unda ishlatilgan tushuncha va terminlar faqat bir xil tarzda, qonunlarda ko‘rsatilgandek, talqin qilingan bo‘lishi kerak. Epitet, metafora, chel el iboralari, eskirgan so‘zlar va iboralar ishlatilishi ta’qiqlanadi.
Antikorrupsion ekspertiza O‘zbekiston Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi va Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan, obyektiv va mustaqil tarzda amalga oshiriladi.