TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni yangi tahrirdagi "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida" qonunni imzoladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti qonunchilik palatasi vakili.
"Yangi tahrirdagi qonun umume’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalari, XMT konvensiyalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan", — deb aniqlik kiritdi agentlikka suhbatdosh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanib, Qonunga kiritilgan normalar davlat organlari tomonidan qonun talablarini bajarishda har xil aralashuvlarni va korrupsiyani oldini olish, tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish va ishlovchi xodimlarni mehnat sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilashga hamda ularning mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy himoyani ta’minlashga qaratilgan.
Qonun loyihasi 2016-yilning 10-martida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2016-yilning 25-avgustida Senat tomonidan tasdiqlangan. Qonun rasman nashr qilinganidan boshlab 3 oy muddat ichida kuchga kiradi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishida:
— mehnatni muhofaza qilishni respublika, tarmoq va hudud darajasida davlat organlarining vazifalari belgilandi hamda mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishga ish beruvchi bilan birga xodimning ham mas’uliyati oshirilishi;
— mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etishga imkoniyatlari yetmagan kichik korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish autsorsing asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarini (tadbirkorlarni) jalb qilinishi;
— ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish hamda kamaytirilishi tashkilotning iqtisodiy holatini o‘sishiga sabab bo‘ladi, ish beruvchilarning mehnat muhofaza qilishni tashkil etish maqsadida tashkilotlar tomonidan ixtiyoriy ravishda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini audit qilish mexanizmi joriy etilishi;
— xodimlarning ayrim toifalari, ayollar, voyaga yetmagan shaxslarni va mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilanishi;
— mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishni ta’minlash yuzasidan talablar kiritildi va boshqa davlat boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari belgilanishi nazarda tutildi;
Bundan tashqari tashkilotlarda ish beruvchi va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish choralarini ko‘rish borish belgilangan.
Qonunda mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasi, Mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi talablari ham kiritilgan bo‘lib, bu mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasini o‘tkazish orqali xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini, xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshirilishi belgilanib qo‘yilgan.