Mirziyoyev militsionerlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© Ilya VarlamovO‘zbek militsioneri
O‘zbek militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi, ayrim o‘ziga xos masalalar bo‘yicha esa - Vazirlar mahkamasiga.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev "Ichki ishlar organlari" to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Hujjat matni shanba kuni mahalliy matbuotda chop etilgan deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Qonun imzolangan va OAVlarda e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan so‘ng kuchga kiradi. Hozirga qadar O‘zbekistonda ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonun mavjud emas edi.

Mazkur qonun ichki ishlar organlari tizimi va tuzilmasi, ularning huquqi, majburiyatlari va vakolatlari, xodimlariga qo‘yiladigan talablarga, shuningdek, muassasalarda xizmat tartibi va shartlariga oydinlik kiritadi. Xususan, qonunda ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘qotar quroldan foydalanish tartiblari qayd etilgan. Bundan tashqari, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasiga oid masalalar hal etilgan.

Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy vazifalari, yo‘nalishi va qoidalari mustahkamlangan. Ularning zimmasiga fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini muhofaza qilish vazifalari yuklangan.

Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda o‘zlarining noqonuniy harakatlarini oqlash uchun xizmat manfaatlarini ro‘kach qilishi, iqtisodiy manfaat ko‘rishi, noqonuniy talab qo‘yishi, mansabdor shaxslarning qonunga xilof buyruq va ko‘rsatmalarini bajarishlari mumkin emas.

Qonun shuningdek, inson sha’ni va g‘ururini poymol qiluvchi har qanday zo‘ravonlik, tajovuz va boshqa turli harakat va usullarni qo‘llashni ichki ishlar xodimiga taqiqlaydi.

Qonunga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi, ayrim o‘ziga xos masalalar bo‘yicha esa — Vazirlar mahkamasiga.

Ichki ishlar avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Bosh vazirning taqdimotiga binoan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va davlat rahbari tomonidan vazifasidan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov "mamlakatda ichki ishlar organlari va huquq tartibot organlari faoliyatini tartibga soladigan qonunning yo‘qligini normal holat deb bo‘lmaydi. Birinchi galda qonun ustivorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zudlikda ularning maqomi, formasi va ish uslubini aniqlash hamda tuzatishlar kiritish lozim", deb aytib o‘tgan edi.

Prezident o‘shanda "… aholidan amaldorlar, huquq-tartibot idoralari va nazorat organlariga oid tushgan shikoyatlarning har beshinchisi ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari ustidandir", deb alohida ta’kidlab, "fuqarolar tergov organlari xodimlari protsessual qonunchilikni o‘ta qo‘pol ravishda buzishayotganidan arz qilishayotganini" qo‘shimcha qilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kunii Toshkent shahrida insult oqibatida vafot etdi. O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti etib respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tayinlandi. Prezident saylovlari 4-dekabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0