TOShKENT, 7-may — Sputnik. Tadbirga respublikaning barcha hududlaridan ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etilgan bo‘lib, jurnalistlar vazirlik faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob olishlari mumkin, deya xabar bermoqda kun.uz.
Tadbirda Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov yig‘ilganlar bilan muloqot qiladi.
Tashabbus O‘zbekistondagi davlat organlari orasida ilk marta amalga oshirilmoqda.
Onlayn matbuot anjumanida ishtirok etishni istagan jurnalistlar oldindan vazirlik axborot xizmatining elektron pochtasi — press@mehnat.uz ga ism-shariflari va faoliyat yuritayotgan OAV nomini yozib xat yuborishlari mumkin. Matbuot anjumani Mehnat vazirligida 19-may kuni soat 9:00da boshlanadi.