TOShKENT, 15 sen – Sputnik. "Rossiya v globalnoy politike" jurnali bosh muharriri Fedor Lukyanov O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning MDH sammitiga bormaganligini respublikadagi o‘tish davri va turli ta’sir doiralaridan o‘zini uzoqroqda tutish bilan bog‘lamoqda.
16-17 sentabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida O‘zbekiston nomidan respublika tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.
Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev qirg‘iz tomoniga yo‘llagan maktubida O‘zbekistonning davlatlar o‘rtasidagi hamkorligini e’tirof etgan, ammo sammitda shaxsan o‘zi qatnashmaydi.
Ekspertning ta’kidlashicha, saylovlarga qadar Shavkat Mirziyoyev o‘zgalar ta’sir doirasiga tushib qolmaslik uchun neytral siyosat olib boradi.