Shimoliy Koreya chegarasi yadro sinovlarini qoralovchi minglab varaqalarga to‘lib ketdi

© REUTERS/Kim Hong-JiShimoliy Koreya rahbariga qarshi o‘tkazilayotgan mitingda Kim Chen In surati yoqib yuborildi
Shimoliy Koreya rahbariga qarshi o‘tkazilayotgan mitingda Kim Chen In surati yoqib yuborildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Varaqa tarqatishdan shaxsan ishtirok etgan janubiy koreyalik faollardan biri Pak San Xakning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga payshanba kuni 150 mingtaga yaqin varaqalarni tarqatish rejalashtirilgan, ammo kuchli esayotgan shamol tufayli ularning sonini ikki martaga kamaytirishga to‘g‘ri kelgan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Janubiy koreyalik faollar Pxenyan siyosatini va so‘nggi yadroviy sinovni qoralab o‘n minglab varaqalarni havo to‘ldirilgan sharlar yordamida Shimoliy Koreya hududida tarqatib chiqdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Frans Press nashriga tayangan holda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
OAV: 8 yoshga to‘lgan Kim Chen Inga ta’zim qilgan generallar hozir ham uning yonida
Ma’lum qilinishicha, janubiy koreyalik faollar Pxenyan siyosati qoralangan varaqalarni geliy bilan to‘ldirilgan havo sharlari yordamida Seulning shimoliy qismida joylashgan chegara punktidan uchirib yuborishgan.

Faollar o‘z maktublarida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni u "yadro sinovlarini xalq farovonligidan ham ustun qo‘yayotgani uchun" ayovsiz tanqid qilishgan, deb xabar qiladi agentlik.

Seullik faollardan biri Pak San Xakning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga payshanba kuni 150 mingtaga yaqin varaqalarni tarqatish rejalashtirilgan, ammo kuchli esayotgan shamol tufayli ularning sonini ikki martaga kamaytirishga to‘g‘ri kelgan.

"Biz bu ishlarni Shimoliy Koreyada och qolayotgan 20 million insonga haqiqatni aytish maqsadida amalga oshirmoqdamiz… Ayni vaqtda, yuz minglab odamlar dahshatli suv toshqinlari tufayli aziyat chekishayotgan bir paytda, Kim Chen In yana bitta yadro sinovini amalga oshirish bilan band", — deb hikoya qilgan agentlikka faollarning biri.

9 sentabr, juma kuni Toshkent vaqti bilan 05.30da Shimoliy Koreyada 5,0 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Shundan so‘ng KXDR hukumati yadro sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi, endi ballistik raketalar yadro boyegolovkalari bilan ta’minlashga qodirmiz, degan bayonot bilan chiqishdi.

Amerika bombardimonchi-samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qiruvchi-samolyotlar yordamida Shimoliy Koreyani "jilovlab" turmoqchi

Shimoliy Koreya tomonidan navbatdagi bor yadro sinovi o‘tkazilishi Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreya va boshqa qator Yevropa mamlakatlari tomonidan qattiq qoralandi. Toshkent esa Pxenyandan dunyoda barqarorlikni buzayotgan xavfli sinovlarni to‘xtatib, mavjud bo‘lgan muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni so‘radi.

Toshkent rasmiylariga ko‘ra, yadroviy sinovlar o‘tkazish BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzib, hudud va butun dunyo xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Yangiliklar lentasi
0