TOShKENT, 4 avg — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya va Xitoyni "jilovlab turish" maqsadida, Tinch okeani hududiga o‘z bombardimonchi-samolyotlarini yubormoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Qiruvchi-samolyotlar shanba kuni Marian orollari arxipelagi tarkibiga kiruvchi Guam orolidagi Amerika harbiy bazasiga uchib keladi. Ular V-52 bombardimonchilari o‘rnini bosishi aytilmoqda.
Harbiy samolyotlarga xizmat ko‘rsatishlari uchun Amerika o‘z bazasiga, shuningdek, 300ga yaqin harbiylarni ham yo‘llashi aytilmoqda.
"Amerika birinchi marotaba bunday yo‘l tutayotgani yo‘q, ammo o‘n yil ichida birinchi marta bu singari holat yuz berdi", — deyilgan qo‘mondonlik xabarida.
Shimoliy Koreya tomonidan tez-tez ballistik raketalar sinovi o‘tkazilayotgani sabab, AQSh Tinch okeani hududida B-1 bombardimonchi-samolyotlarini joylashtirmoqda.
Pxenyan tomonidan eng so‘nggi bor o‘tkazilgan sinovi ayniqsa Vashingtonning toqatini-toq qilgan edi.