Sputnik o‘quvchilari Islom Karimov nomi qayerlarga berilishi kerakligini taklif qildilar

© Novosti UzbekistanaIslom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma
Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati faqatgina bir joy bilan chegaralanib qolmasdan, birinchi Prezident nomini bir nechta joylarda abadiylashtirish kerak, deb hisoblashmoqda.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekistonning rus tilidagi xizmati o‘tkazgan so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati respublikadagi aeroport O‘zbekistonning birinchi Prezidenti nomi bilan atalishi kerak degan fikrni bildirdi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari a’zolaridan tashkil topgan maxsus komissiya, 2-sentabrdan boshlab bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston birinchi Prezidenti nomini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak. Ushbu takliflar aholi, tashkilot va muassasalar, ta’lim maskanlari va keng jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.

So‘rovda qatnashganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (36,2%) Islom Karimov nomini "Toshkent" yoki "Samarqand" xalqaro aeportiga berishni taklif qildi. Dunyoda bunga misollar ko‘p, masalan Istanbuldagi aeroport Otaturk nomi bilan, AQShdagi yirik aeroport esa Kennedi nomi bilan ataladi.

Islom Karimov bilan xayrlashuv marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Karimov nomi bilan qaysi joylarni atashni O‘zbekiston xalqi hal qiladi

Sputnikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi aksariyat mushtariylari ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlashdi.

So‘rovda ishtirok etganlarning 30,2 foizi maydon, shohko‘cha yoki ko‘chani Karimov nomi berilishini taklif qildi.

Universitet va shaharga Islom Karimov nomini berishni taklif qilganlar mos ravishda 14,6 foizdan bo‘ldi.

Nihoyat so‘ralganlarning 4,5 foizi O‘zbekistonda Islom Karimov nomli bog‘ tashkil etishni taklif qildi.

Facebook foydalanuvchilari shuningdek metro stansiyasi, sport inshooti, tennis musobaqasi, xayriya jamg‘armasi, tumanga Islom Abdug‘aniyevich nomini berishni taklif qilishdi. Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab muzey tashkil etish va haykalini o‘rnatish ham taklif etildi.

So‘rovda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi faqatgina bir joy bilan chegaralanib qolmasdan, birinchi Prezident nomini bir nechta joylarda abadiylashtirish kerak, deb hisoblashmoqda.

Ayniqsa, bu holat Sputnik O‘zbekistonning o‘zbek tilidagi xizmati o‘tkazgan so‘rovda yaqqol ko‘zga tashlandi. Islom Karimov nomi qanday joylarga berilishi kerakligi borasidagi so‘rovda ishtirok etganlarning 6,5 foizi (20) maydon yoki ko‘cha, 17,2 foizi (53) aeroport, 6,2 foizi (19) maktab yoki oliy ta’lim maskani, 6,8 foizi (21) shahar variantini tanlagan bo‘lsa, ishtirokchilarning 63,3 foizi (195) shularning hammasiga deb javob berdi.

"Nafaqat aeroportni, balki metro stansiyasi, maydonni u kishining nomi bilan atash kerak. Islom Karimov nomli orden ta’sis etish kerak, kelajakda milliy valyutamizda u kishining tasviri ifodalanishi lozim… ko‘pchilik bunga e’tiroz bildirishi mumkin… bu inson bundan million marta ortig‘iga loyiq… u abadiy qahramon va buni yodda tutishimiz shart… masalan Turkiyada deyarli hamma joy Otaturk nomiga qo‘yilgan”, deb yozadi Facebook foydalanuvchisi Davron Hidoyatov.

Sankt-Peterburgdagi Dudergof kanali - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda Islom Karimov nomli ko‘prik paydo bo‘lishi mumkin

"Aeroport yaxshi g‘oya, haykal o‘rnatish ham shart! Va muzey ham kerak! Farzandlarimizni buyuk Bobomizga bag‘ishlangan muzeyga olib borishimiz va bolalarimiz hamda nabiralarimiz Uning xotirasini yodda tutishlari uchun! Shuningdek barcha viloyatlardagi maydon va ko‘chalarga u kishining nomi berilishi kerak!",- deydi Leyla Alimova.

Islom Karimov nomini biror joyga berishga qarshi chiqqanlar ham topildi, ular Prezident hayotlik davrida o‘z shaxsini ulug‘lashtirishga ruxsat bermaganligini yodga olishdi.

Biroq o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligining ishonchi komil: mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan birinchi Prezidentning xotirasi abadiylashtirilishi va avloddan-avlodga yetkazilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0