Karimov nomi bilan qaysi joylarni atashni O‘zbekiston xalqi hal qiladi

Obuna bo‘lish
Maxsus tashkil qilingan komissiya bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston birinchi Prezidenti nomini abadiylashtirish maqsadida, o‘z takliflarini kiritishi kerak. Ushbu takliflar jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekistonning qaysi joylariga Respublika birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berilishi ushbu  kunlarda faol muhokama qilinmoqda.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari a’zolaridan tashkil topgan maxsus komissiya, 2-sentabrdan boshlab bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston birinchi Prezidenti nomini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak. Ushbu takliflar aholi, tashkilot va muassasalar, ta’lim maskanlari va keng jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.

Sputnik muxbiri Toshkent ko‘chalarida bo‘lib, ushbu borada aholining fikri bilan yaqindan tanishdi. Toshkentliklarning aksariyati Isloma Karimov nomini “Toshkent” yoki “Samarqand” xalqaro aeroportiga berish tarafdori. Dunyoda bunday misollar juda ko‘p, masalan AQShdagi Kennedi aeroporti yoki Turkiyadagi Otaturk aeroporti.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Islom Karimov nomi bilan, Prezident vafoti oldidan ochilgan O‘zbekistondagi birinchi yoysimon ko‘prikni atash fikrlarini bildirmoqda. Ushbu ko‘prikni Islom Karimov ishga tushirishi rejalashtirilgan edi.

Aholi orasida Toshkent markaziy ko‘chalaridan, metro bekatlaridan yoki bog‘laridan birini Prezident nomi bilan atash keng muhokama qilinmoqda.Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekistonliklarning ko‘pchilligi poytaxt markazida Islom Karimovga bag‘ishlangan yodorglik va muzeydan tashkil topgan xotira majmuasi qurishni taklif qilmoqdalar.

O‘zbekiston yoshlari Karimov nomini Toshkent OTM va stadionlaridan biriga berish fikrini bildirmoqdalar. Bu guruh tashabbuskorlar esa, Prezident ertalab ishxonaga kechqurun esa shahar tashqarisidagi rezidensiyaga doimo o‘tib turgan bir necha ko‘chalarga Islom Karimov nomi berish fikrini bildirmoqda. Ustiga ustak, xalq orasida ushbu ko‘chalar allaqachon “prezident yo‘li” nomini olgan.

Yangiliklar lentasi
0