Sankt-Peterburgda Islom Karimov nomli ko‘prik paydo bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishSankt-Peterburgdagi Dudergof kanali
Sankt-Peterburgdagi Dudergof kanali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“60+milliy qo‘mita” ijtimoiy guruh a’zolari Sankt-Peterburgdagi ko‘priklardan biriga Islom Karimov nomini berish tashabbusi bilan chiqmoqda.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. “60+milliy qo‘mita” ijtimoiy guruh faollari Sankt-Peterburgdagi ko‘priklardan biriga O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov nomini berish tashabbusi bilan chiqmoqda, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana".

Gap Peterburgdagi "Shuhrat xiyoboni"da joylashagan Dudergof kanali ustidagi nomsiz ko‘prik haqida ketmoqda. "Shuhrat xiyoboni" Ikkinchi Jahon urushi vaqtida Leningrad mudofaa chizig‘i o‘tgan joyda qurilgan yodgorlik majmuasidir.

“O‘zbek askarlari rus askarlari bilan yelkama-yelka turib qurshovda qolgan Qahramon-shaharni himoya qilganini hamma yaxshi biladi. Shaharning keksa  aholisi esa, O‘zbekistonda o‘tkazgan evakuatsiya kunlarini iliq xotiralaydi”, — dedi tashkilot vakili.

Karimov nomi berilishi taklif qilinayotgan ko‘prik yaqinida, Checheniston sobiq rahbari Ahmad Qodirov nomli ko‘prik joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0