Ekspert: 9/11dan keyin kiritilgan xavfsizlik choralari shaxs erkinligini haddan ziyod cheklamoqda

© AFP 2023 / STAN HONDAAQShda 11-sentabr terakti
AQShda 11-sentabr terakti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 2001-yil 11-sentabrda AQShda bo‘lib o‘tgan teraktlardan keiyn kiritilgan xavfsizlik choralari, shaxs erkinligini haddan

Nyu Yorkda egizak binolar o‘rnida qurilish - Sputnik O‘zbekiston
AQSh sudi 11-sentabr teraktlari uchun Erondan 10 mlrd $ talab qilmoqda
ziyod cheklashga olib keldi, deydi Avstriya Xalqaro ishlar instituti rahbari Xayns Gertner.

Gertnerning so‘zlariga qaraganda, AQShda yuz bergan teraktdan keyin, jamiyatda paydo bo‘lgan ulkan qo‘rquvdan foydalanib, AQSh va G‘arb mamlakatlarida misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralarini qabul qilindi. Xususan, hukumat fuqarolar ortidan kuzatish va nazorat uchun cheksiz vakolatlarga ega bo‘ldi. 

“Ko‘rilgan xavfsizlik choralari ba’zida haddan ortiq qattiqqo‘l bo‘lib, zarurat bo‘lmaganda ham shaxs erkinligini cheklab qo‘ymoqda”, — dedi Gertner.

Uning so‘zlariga qaraganda, 11-sentabrdan keyin ko‘plab terrorchilik hujumlari yuz berdi va oddiy fuqarolar terrorchilar nishoniga aylandi. Terrorchilar o‘zlari yashab turgan mamlakat fuqarolariga hujum qilmoqda. 

“Bu G‘arb uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Ulkan kuzatuv dasturlariga qaramasdan ushbu hujumlarni bartaraf etishning iloji bo‘lmayapti”, — dedi Gertner.

Ushbu damda Benjamin Franklinning “Kimda-kim xavfsizlik uchun ozodlikni qurbon qilsa, na unisiga na bunisiga ega bo‘ladi”, degan so‘zlari esga tushadi. O‘sha mudhish voqealardan 15-yil o‘tib, butun dunyo Franklin haq bo‘lganining guvohi bo‘lmoqda. 

Nyu-Yorkdagi egizak binolar o‘rnidagi yodgorlik - Sputnik O‘zbekiston
Amerika fuqarosi 11-sentabr kuni terakt amalga oshirmoqchi bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, 15-yil oldin 2001-yilning 11-sentabr kuni 19 terrorchidan iborat guruh to‘rt laynerni egallab olib, ularni Nyu Yorkdagi Umumjahon Savdo Markazi juft binolariga yo‘naltirgan edi. Yana bir samolyot Pentagon binosiga urilgan va to‘rtinchisi Pensilvaniya shtatida qulab tushgan edi.

9/11 nomli terakt insoniyat tarixida yuz bergan eng dahshatli terakt hisoblanadi. 3000 ming kishi uning qurboniga aylangan va olti mingdan ortiq kishi yaralangan edi. Terakt uchun javobgar “Al-Qoida” terrorchi guruhi hisoblanadi. 

Vaholanki, ayrim mutaxassisilar fikriga ko‘ra, ushbu terakt AQSh maxfiy kuchlari tomonidan tashkil qilingani ehtimoldan xoli emas. Farengeyt 9/11 hujjatli filmida bunga ko‘plab dalil va isbotlar keltirilgan.

Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan so‘rov natijalari.
so‘rovnoma - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan so‘rov natijalari.

 

Yangiliklar lentasi
0