Amerika fuqarosi 11-sentabr kuni terakt amalga oshirmoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishNyu-Yorkdagi egizak binolar o‘rnidagi yodgorlik
Nyu-Yorkdagi egizak binolar o‘rnidagi yodgorlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanzas-sitida politsiyachilar 20 yoshli Floridalikni qo‘lga oldi.

 

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Amerika huquqni saqlash organlari Floridalik shaxsni qo‘lga oldi – RIA Novosti AQSh adliya vazirligi ma’lumoti asosida xabar berdi.

20 yoshli Floridalik Djoshua Rayn Goldberg, qo‘lbola portlovchi uskuna yordamida, 11 sentabr xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikni  portlatmoqchi bo‘lgan.  

Shubha ostidagi shaxs temir parchalari va sichqon zahri bilan to‘ldirilgan tezqaynar qozon yordamida portlovchi uskuna tayorlaganini aytib berdi.

11 sentabr insoniyat tarixidagi eng katta terakt. 2001 yilda "Al-Qoida" terrorchilik tashkiloti tomonidan tashkil qilingan terakt oqibatida 3000 kishi qurbon bo‘ldi va 6000 kishi yaralandi.

 

Yangiliklar lentasi
0