Yana dronlar mashmashasi - "uchuvchisiz" uchish xavfli!

Obuna bo‘lish
Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2016-yil 25-iyulga qadar "Samarqand aeroporti" chegara bojxona posti orqali uchuvchisiz uchar qurilmalarni olib kirish bo‘yicha 6 ta holat aniqlangan.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Camarqand bojxonachilari uchuvchisiz uchar qurilmalarni olib kirish bo‘yicha 6 ta holatni aniqladi, deb xabar qiladi "Zarafshon" nashri.

Uchuvchisiz parvoz qurilmasi namoyishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanish uchun 10-yilga qamash taklif qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida"gi qarori bilan uchuvchisiz uchish apparat (dron)larini respublikamiz hududiga olib kirish ta’qiqlanadi.

Faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-maydagi qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari mazkur qurilmalarni respublikamizga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

"Ammo bugungi kunda viloyatimizda yashovchi ayrim fuqarolar tomonidan chet elga vaqtincha ishlash yoki safarga borib qaytayotganlarida yaqinlari va farzandlariga bolalar uchun o‘yinchoq sifatida qayd etilgan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparat (dron)larini olib kelish holatlari ko‘paygan.

Uchuvchisiz parvoz qurilmasi - Sputnik O‘zbekiston
Dronlar o‘zbek amaldorlariga nega manzur bo‘lmay qoldi?
Boshqarmamiz xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2016-yil 25-iyulga qadar "Samarqand aeroporti" chegara bojxona posti orqali mazkur qurilmalarni olib kirish bo‘yicha 6 ta holat aniqlandi", — deb ma’lum qilgan o‘z hisobotida viloyat bojxona boshqarmasi bo‘lib boshlig‘i L. Ziyadullayev.

"Masalan, joriy yilning 1-iyul kuni "Vnukovo – Samarqand" yo‘nalishida kelgan fuqaro A.Rahmatovga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda "Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi"da ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organi tomonidan ma’muriy ishlar yuritilib, sud qarori bilan qurilmalar davlat foydasiga musodara qilindi va huquqbuzarlarga jarimalar qo‘llanildi".

Yangiliklar lentasi
0