O‘zbekistonda uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanish uchun 10-yilga qamash taklif qilindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishUchuvchisiz parvoz qurilmasi namoyishi
Uchuvchisiz parvoz qurilmasi namoyishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Havo hududidan, jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan noqonuniy foydalanish 100 dan 200 gacha minimal ish haqi miqdorida jarima to‘lash ko‘rinishidagi ma’muriy javobgarlik yoki qoidabuzarlik buyumlarini musodara qilish bilan 15 kunga hibsga olishga olib keladi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatda mamlakat havo hududidan noqonuniy foydalanish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kiritish ko‘zda tutilgan.

Havo hududidan, jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan noqonuniy foydalanish 100 dan 200 gacha minimal ish haqi miqdorida jarima to‘lash ko‘rinishidagi ma’muriy javobgarlik yoki qoidabuzarlik buyumlarini musodara qilish bilan 15 kunga hibsga olishga olib keladi.

Agar bu qoidabuzarlik jarima to‘langandan keyin takroran sodir etilgan yoki o‘z ortidan o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat yoki og‘ir jarohatga olib kelgan bo‘lsa, unda aybdor odam 2-yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 3 oy hibsga olinish ko‘rinishidagi jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Odamning o‘limiga olib kelgan dronlar bilan harakatlar 3-yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 2-yildan 5-yilgacha erkinlikni cheklash yoki 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qurbonlar, fojia yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan harakatlar 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etishga olib keladi. O‘zbekistonga dronlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanish 2015-yil 1-yanvardan ta’qiqlab qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0