Ekspert: Mirziyoyev saylovgacha jamoani yangilashi mumkin

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning har ikki palatalari majlisida prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Hokimiyat tepasiga kim kelmasin, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va xavfsizlik muhim va odamlar aynan mana shu omil uchun ovoz berishadi, deydi Sputnik muxbiriga anonimlik sharti bilan suhbatlashgan o‘zbek eksperti.

Uning fikricha, O‘zbekiston yetakchisi lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan barcha nomzodlar orasida Shavkat Mirziyoyev siyosiy salobat borasida ushbu o‘ringa mos asosiy shaxs hisoblanadi.

Hukumat boshqaruvida uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatayotgan Shavkat Miromonovich mamlakat davlatchiligini mustahkamlash va uning taraqqiyoti uchun salmoqli hissa qo‘shdi. Uning bosh vazir sifatidagi faoliyati o‘z samarasini berdi va o‘tgan yillar davomida hukumat muhim masalalarni hal etish va mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini ta’minlash borasida to‘la-to‘kis ish olib bordi.

"Mirziyoyev xalqqa kerak bo‘lgan narsani bera oladi, u Islom Karimov ishlarining davomchisi hisoblanadi. Yaqindagina o‘z yo‘lboshchilaridan ayrilgan odamlar hozir kalovlanib, hattoki xavotirga tushib qolgan deyish mumkin. Uzoq yillar davomida barcha tinch va barqaror davlatda istiqomat qilib keldi. Sobiq ittifoq parchalanib ketganidan keyin aksariyat respublikalarda yuzaga kelgan tartibsizlik va boshboshdoqliklar aynan Karimov sababli O‘zbekistonni chetlab o‘tdi. Bizda turli rangli inqiloblar yuz bermadi, islom radikallari va millatlararo adovat urug‘ini sochishga uringan turli kuchlarga qarshi munosib tura oldik", — deydi siyosatchi.

Senat binosi. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Islom Karimov boshlab bergan yo‘ldan borishini ta’kidladi
  

Suhbatdoshning fikricha, xalqning sevimli prezidenti vafotidan so‘ng yanada qadrli merosni tashlab ketdi. O‘tgan yillar davomida xalq xotirjamlikda yashadi, o‘z ishi bilan shug‘ullandi va Karimov davrida erishganlaridan voz kechishni hech kim istamaydi. 

Ekspertning aytishicha, Mirziyoyev Islom Karimov ta’minlagan tinchlikni saqlab qolish qudratiga ega. Hozirda u davlatning tashqi siyosatini yurgizish borasida tajriba oshirishi zarur. Mamlakatning ichki boshqaruvi yuzasidan esa uning tajribasi yetarli. U a’lo darajadagi boshqaruvchi va hech kimning davlatni orqaga tortishiga yo‘l qo‘ymaydi.

"Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylanganidan keyin mamlakatda Vazirlar Mahkamasi tarkibi va davlatning yuqori lavozimlarini egallab turgan mansabdorlar yangilanadi. Bu holat ayni kunlardayoq yuz berishi mumkin, zero bosh vazir O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Tabiiyki, uning atrofida ishonchli odamlar bo‘lishi lozim", — deydi ekspert.

Bosh vazirni mamlakatdagi ichki siyosiy doiralar ham, kuch tuzilmalari ham qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda Mirziyoyev uchun omma oldida: matbuotda, televideniyeda tez-tez ko‘rinish, davlatning muhim va e’tiborli tadbirlari markazida bo‘lish muhimdir. Bu nuqtayi nazardan Mirziyoyevning Bishkekdagi bo‘lajak sammitda ishtirok etishi oqilona va muhim qaror bo‘ladi. Mana shuning o‘ziyoq Islom Karimovning izdoshi kim bo‘lishini aniqlab beradi.

Ekspertning fikricha, Mirziyoyevning nomzodini u yaqin munosabatda bo‘lgan Kremldagilar ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Vladimir Putinning O‘zbekistonga shaxsiy tashrifi chog‘ida Rossiya davlat rahbari tomonidan shunday fikr bildirildi. Bundan tashqari Rossiya prezidenti O‘zbekiston bosh vaziriga o‘zbek xalqini, O‘zbekiston rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashi va bu borada Rossiyaga eng ishonchli do‘stga ishongandek ishonish mumkinligini ta’kidladi. Ikki davlat yetakchilari o‘zaro mustahkam aloqalarni bundan buyon ham davom ettirishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisi 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tayinlandi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev muvaqqat prezident etib tayinlandi

Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Lekin Oliy Majlis Senati Raisi Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0