TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi payshanba kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakili.
"Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, Oliy Majlis senati Raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.