Mirziyoyevning nomzodini Senat Raisi taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Senati majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Senati majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Lekin Oliy Majlis Senati Raisi Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatlarini bajarishni Shavkat Mirziyovning zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risidagi taklif Senat Raisi Nigmatilla Yuldashev tomonidan ilgari surilgani xabar qilinadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining axborot xizmatlari tomonidan.

“Qo‘shma majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.T.Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlaridagi ko‘p yillik tajribasini, aholi o‘rtasidagi hurmat-e’tiborini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatlarini bajarishni uning zimmasiga vaqtincha yuklash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qildi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev muvaqqat prezident etib tayinlandi

Xabarda siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, deputatlar va senatorlar hozirgi sharoitda barqarorlikni saqlash, jamoat xavfsizligini va huquq-tartibotni ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini samarali hal etish zarurligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshevning taklifini qo‘llab-quvvatlaganliklari ma’lum qilinadi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida insult oqibatida vafot etdi. U tug‘ilib-o‘sgan shahri Samarqandga dafn etildi.

Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uch oy mobaynida bo‘lib o‘tadi

Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Lekin Oliy Majlis Senati Raisi Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0