O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uch oy mobaynida bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi, Oliy Majlis Senati Raisi Nigmatulla Yuldashev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uch oy mobaynida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi payshanba kuni parlament vakili.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etdi. Islom Abdug‘aniyevich o‘z ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.

"Parlamentning bugungi qo‘shma yig‘ilishida prezident saylovlari aniq sanasi ko‘rib chiqilmadi, bu Markaziy Saylov Komissiyasi vakolatiga kiradi. Konstitutsiyaga muvofiq, saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi", — deb aniqlik kiritdi agentlikka suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0