Nursulton Nazarboyev shanba kuni O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksey DanichevQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoydagi tashrif muddatini qisqartirdi va O‘zbekistonga otlanmoqda, deb xabar berdi Reuters.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoydagi tashrif muddatini qisqartirdi va shanba kuni O‘zbekistonga otlanmoqda, deb xabar berdi Reuters Qozog‘iston hukumatidagi manbasiga tayanib, Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Bu esa Qozog‘iston hukumati O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning o‘limi haqida e’lon qilinishiga tayyorlanmoqda, deyiladi agentlik tomonidan. Eslatib o‘tamiz, hozirda Qozog‘iston yetakchisi G-20 sammitida ishtirok etish uchun Xanchjou shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov og‘ir ahvolda
Ilgariroq O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Karimovning ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 27-avgust kuni 78 yoshli Islom Karimov miyasiga qon quyilishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizildi
Davlat rahbarining qizi Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining Instagramdagi sahifasida otasining miyasiga qon quyilishi sababli reanimatsiyada ekanligi, uning ahvoli barqarorligini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0