O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov og‘ir ahvolda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Islom Karimovning ahvoli yomonlashdi, vrachlar aytishiga qaraganda u juda og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Islom Karimov og‘ir ahvolda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston hukmati.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi xabariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Prezident holati keskin yomonlashgan.

“Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda”, — deyilgan Vazirlar Mahkamasining rasmiy xabarida.

Undan tashqari Vazirlar Mahkamasi o‘tgan hafta Islom Karimov insult kasalligi bilan davolashga yotqizilganini ham tasdiqladi.

Bundan oldin esa, O‘zbekiston rasmiylari Prezident Islom Karimov shifoxonaga yotqizilganini, uning holati stabil ekanligini, lekin to‘liq tibbiy tekshiruv o‘tkazish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘lishini xabar qilgan edi.

Undan keyin, Prezidentning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva Instagramda Islom Karimov miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiya bo‘limiga yotqizilganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0