TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva otasining sog‘lig‘i haqidagi savollarga aniqlik kiritdi.
Shanba kuni adamlar miyaga qon quyilish tashxisi bilan shifoxonaga olib kelindilar. Hozir ular reanimatsiya bo‘limida tibbiy muolajalar olmoqdalar. Hozirgi paytda holatlari shifokorlar tomonidan stabil deb baholanmoqda. Ayni paytda kelgusidagi sog‘liqlari borasida qandaydir taxminlar qilish ancha erta.
Men sizlardan turli xil gap-so‘zlardan yiroq bo‘lib, oilamizning shahsiy hayotiga xurmat bilan munosabatda bo‘lishingizni iltomos qilaman.
Ushbu damlarda otamni o‘z duolari bilan qo‘llab-quvvatlovchi barcha insonlarga o‘zimning cheksiz minnatdorchiligimni izhor etaman", — deb yozgan Lola Karimova instagrammdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yakshanba kuni O‘zbekiston rahbari statsionar davolanishda ekanini ma’lum qilgandi.