TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan bugun Vladivostokda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muzokaralardan oldin, Rossiya “o‘z yerini sotmaydi” dedi va ikki mamalkat orasida tinchlik shartnomasi tuzish o‘ta muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz yer savdosi bilan shug‘ullanmaymiz, garchi Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuzish masalasi o‘ta muhimdir. Biz yaponiyalik do‘stlarimiz bilan ushbu muammoning yechimini topishni juda ham istardik”, — dedi suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Blumberg muxbiriga.
Xitoy misoli
Shunga o‘xshasha muammoni muvaffaqiyatli hal qilinish misoli sifatida, Putin Amur darosida joylashgan Tarabarov orolini misol keltirdi. Ma’lumki ushbu orol qaysi mamlakatga tegishli ekanligi haqida Rossiya va Xitoy 40-yil davomida muzokaralar olib borgan edi.
“Yana bir bor aytmoqchiman, 40-yil, — va nihoyat ikkala tomonni ham qoniqtiradigan kompromiss topildi. Orolning bir qismi Rossiyaga yana bir qismi esa Xitoy Xalq respublikasi tomoniga abadiy o‘tdi”, — dedi Putin.
Putin aytishiga qaraganda, faqatgina ikki mamlakat orasida o‘zaro ishonch paydo bo‘lgani tufayli ushbu muammoni hal qilish imkoni paydo bo‘lgan.
“Agar Yaponiya bilan ham shunday yuqori ishonch darajasiga erishsak, balkim o‘zaro kelishuvga kelishimiz mumkin”, — dedi Rossiya prezidenti.
Yaponiya muammosi
Yaponiya muammosi Ikkinchi Jahon urushi natijasi sifatida paydo bo‘lgan edi. Kuril orollari Ikkinchi Jahon urushi yakuniga ko‘ra SSSRga o‘tgan edi. 1956-yilda imzolangan shartnoma SSSR Oliy Kengashi va Yaponiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan edi. Keyinroq, Tokio shartnomani bajarishni to‘xtatdi, bunga javoban SSSR ham shartnomani bajarishni davom ettirmagan edi.
“Bir necha yil oldin biz Yaponiyalik hamkorlarimiz bizdan ushbu mavzuga qaytishni so‘ragan edi, biz bunga rozi ham bo‘lgan edik. Lekin o‘tgan ikki yil davomida yaponiya tomoni ushbu tashabbusni muzlatib qo‘ydi. Lekin bugun bizning yaponiyalik hamkorlarimiz yana bir bor ushbu mavzuga qaytishni so‘rashmoqda. Gap yerni sotish yoki almashish haqida ketmayapti. Gap muammoning ikkala tomonni ham to‘liq qoniqtiradigan yechimini topish haqida ketayapti. Hech bir tomon o‘zini yengilgan yoki yutqizgan deb his qilmasligi kerak”, — deb qo‘shimcha qildi Putin.