Yaponiya Bosh vaziri Rossiya bilan «yangi tarix sahifasini” boshlamoqchi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishYaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning to‘liq tartibga solinishi va tinchlik bitimining imzolanishiga janubiy Kuril orollariga egalik qilish masalasi xalal bermoqda.

TOShKENT, 28 apr – Sputnik, Kseniya Naka. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya bilan munosabatlarda “yangi tarix sahifasini” ochish niyati borligi haqida bayonot qildi. U bu haqda payshanba kuni Yaponiya parlamenti deputati Muneo Sudzuki bilan uchrashuvi chog‘ida aytdi, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Yaponiyaning o‘zi Rossiya bilan aloqani to‘xtatdi

Eslatib o‘tamiz, Sindzo Abening Rossiyaga tashrifi 2016-yil 6-mayga rejalashtirilgan. Yaponiya Bosh vazirini Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida kutib oladi.

Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning to‘liq tartibga solinishi va tinchlik bitimining imzolanishiga janubiy Kuril orollariga egalik qilish masalasi xalal bermoqda.

Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi hududiy bahs Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri davom etadi — urush yakunlariga ko‘ra, Kuril orollari butunligicha SSSR tarkibiga qo‘shib olingandi.
Biroq Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari guruhiga Yaponiya muntazam ravishda da’vo qilib keladi.

Yangiliklar lentasi
0