Kerri Lavrovni 39 yoshi bilan tabriklab, "o‘zingdan kattalarni hurmat qil" deya uqtirdi

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSh Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi
Rossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSh Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni 66 yoshga to‘lgani bilan muborakbod etdi. Tabriklardan so‘ng diplomatlar yosh borasida o‘zaro hazil-huzul qildilar, dedi jurnalistlarga Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sergey Lavrov va Jon Kerri uchrashuvi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi. Zaxarovaning so‘zlariga qaraganda, suhbat avvalida AQSh Davlat kotibi Rossiya Tashqi ishlar vazirini tavallud ayyomi bilan muborakbod etgan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Kerri: Rossiya va AQSh kelishmovchiliklarga qaramasdan hamkorlik qila oladi

"Bugungi suhbatimiz muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb umid qilaman. Shu fursatdan foydalanib, seni tug‘ilgan kuning bilan tabriklamoqchiman. Bu sana senga ushbu muzokaralarni olib borish uchun qo‘shimcha donolik bag‘ishlaydi, deb umid qilaman. 39 yosh uchun ko‘rinishing juda binoyi", — dedi Kerri.

Rossiya va AQSh diplomatiya rahbarlari shundan so‘ng o‘zaro hazil-huzul qildilar. “Rahmat, Djon, ammo, agar donolik tug‘ilgan kunlar soni bilan o‘lchanadigan bo‘lsa, seni quvib ham yetolmasligim aniq",- dedi Lavrov.
Lavrov tomonidan aytilgan so‘zlar delegatsiya orasida kulgi uyg‘otdi. "Muhimi, o‘zingdan kattani hurmat qilsang, bo‘lgani",- bo‘sh kelmadi Kerri.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov 21-mart kuni 66 yoshni qarshi oldi, Djon Kerri esa o‘tgan yil so‘ngida 72 yoshga to‘ldi.
Kerri Rossiya poytaxti Moskva shahriga kuni kecha ikki kunlik safar bilan keldi. Shu yil hisobidan Kerri uchinchi bor Rossiyaga tashrif buyurmoqda.

Yangiliklar lentasi
0