Andreas Peshke: O‘zbekiston Markaziy Osiyo taraqqiyoti va farovonligi uchun ishonchli omildir

Obuna bo‘lish
Germaniya TIV vakilining ta’kidiga ko‘ra, GFR bundan keyin ham O‘zbekiston bilan siyosat, iqtisodiyot, madaniyat jabhalaridagi samarali hamkorlikni faollik bilan jadallashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va boshqa ko‘pgina yo‘nalishlarda hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish niyatida.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul vakili Andreas Peshke o‘zbek xalqiga o‘z tabrigini yo‘lladi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘mon Sultonligi elchisi: O‘zbekiston zamonaviy va izchil rivojlanayotgan davlatga aylandi
"Bu yil O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining yubiley sanasini nishonlaydi. Ushbu qutlug’ ayyom munosabati bilan respublikaning barcha aholisiga o‘zimning samimiy tabriklarimni, eng ezgu tilaklarimni izhor etishni istar edim. Boy tarixiy-madaniy merosga, insoniy va iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Germaniya uchun Markaziy Osiyodagi eng muhim davlat hisoblanadi", — deya ta’kidlagan Andreas Peshke.

"Mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan boshlaboq mamlakatimiz O‘zbekiston bilan turli sohalarda yaqin hamkorlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Respublikada qator nemis kompaniyalari muvaffaqiyat bilan faoliyat olib borayotgani bu fikrni tasdiqlaydi. Germaniya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, ikki davlat hamkorligining salohiyati bu bilan chegaralanib qolgani yo‘q".

"Bizning yaqin yillarga mo‘ljallangan birgalikdagi vazifamiz nemis va o‘zbek biznesi o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun sharoitlar yaratish yuzasidan zarur ishlarni davom ettirishdir", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Peshke shuningdek, O‘zbekistonda nemis tilining o‘rgatilishiga katta e’tibor qaratilishini alohida ta’kidlab o‘tgan. "Respublika maktablari, kollej-litseylari va oliy o‘quv yurtlarida nemis tilidan tahsil berilmoqda.

Frank-Valter Shtaynmayer - Sputnik O‘zbekiston
Shtaynmayer Islom Karimov bilan terrorchilikka qarshi kurashni muhokama qildi

Gote nomidagi institut va boshqa tegishli muassasalar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarga hamda yosh olim va tadqiqotchilarga turli ma’rifiy dasturlarni taklif etmoqda, ular mamlakatlarimizning bu yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalarini mustahkamlashga ko‘maklashmoqda", — dedi u.

"Biz bundan keyin ham O‘zbekiston bilan siyosat, iqtisodiyot, madaniyat jabhalaridagi samarali hamkorligimizni faollik bilan jadallashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va boshqa ko‘pgina yo‘nalishlarda hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish niyatidamiz. Bular Germaniya — O‘zbekiston munosabatlarining yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Barqaror va gullab-yashnayotgan O‘zbekiston butun Markaziy Osiyo mintaqasining taraqqiyoti va farovonligi uchun ishonchli omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun Germaniya bundan keyin ham demokratik va bozor islohotlarini chuqurlashtirish yo‘lida respublika bilan muhim sherik sifatida har tomonlama hamkorlik qilishga tayyordir", — deya o‘z tabrigiga yakun yasagan Peshke.

Yangiliklar lentasi
0