TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan xalqaro va regional muammolarni muhokama qildi, RIA Novosti xabariga asosan. Uchrashuvda Yaqin Sharq va O‘rta Osiyodagi ekstremizm va terrorizm masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
Uchrashuv Toshkentda, Germaniya TIV va OBSE rahbarining ikki kunlik tashrifi davomida bo‘lib o‘tdi. Shtaynmayer tashrif davomida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov bilan ham uchrashdi.
“Uchrashuv davomida tomonlar ikki taraflama munosobatlarning turli jihatlarini muhokama qilishdi. Regional va xalqaro siyosat muammolari bo‘yicha fikr almashildi”, — deyilgan agentlik xabarida.
Uchrashuv davomida Islom Karimov Frank-Valteru Shtaynmayerga tashrif doirasida Samarqandni tomosha qilishni va ushbu qadimiy shaharning boy tarixi bilan yaqinroq tanishishni maslahat berdi.
Oldin Shtaynmayer O‘rta Osiyoni Xitoy, Rossiya va Eron kabi, regiondagi yirik mamlakatlar qiziqishlari to‘qnash kelgan, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hudud ekanligini ta’kidlagan edi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri 31-mart kuni Qirg‘izistonga tashrif buyurib mamlakat rahbariyati bilan uchrashadi. 1-aprelda u Tojikistonga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgan.