O‘mon Sultonligi elchisi: O‘zbekiston zamonaviy va izchil rivojlanayotgan davlatga aylandi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Islom Karimovning barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari respublikaning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishga ko‘maklashmoqda, deya qayd etdi O‘mon sultonligi elchisi Muhammad Said al-Lavati.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Mustaqillikning 25-yilligi bayrami arafasida O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Said al-Lavati o‘z tabrik va istaklarini yo‘lladi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

O‘zbekistonda bayram. - Sputnik O‘zbekiston
Mexmet Gunal: “O‘zbekiston mustaqillikdan keyin ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi”
Elchining so‘zlariga ko‘ra, mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlaboq O‘zbekiston o‘z hududida istiqomat qiladigan fuqarolarning milliy o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda.

"Dunyoning yetakchi demokratik davlatlaridagi ilg‘or tajriba va muvaffaqiyatlar asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlat va jamiyatni izchil rivojlantirish, ularning demokratik islohotlar bardavomligi va samaradorligini oshirish maqsadidagi o‘zaro hamkorligi uchun zarur sharoitlarni yaratdi. Shu tariqa, respublika mustaqil rivojlanish yillari davomida inson va uning huquqlari hamda erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan zamonaviy va izchil rivojlanayotgan davlatga aylandi", — deb ta’kidlagan Muhammad Said al-Lavati.

"Mamlakatda iqtisodiyot barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar xorijiy ellarning ekspertlarida alohida qiziqish va hurmat uyg‘otmoqda. Shu nuqtayi nazardan, respublikada uzoqqa mo‘ljallangan siyosat olib borilayotgani eng yuqori bahoga sazovordir. Qulay biznes muhitining yaratilgani, xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashtirilib, xorijlik sarmoyadorlarga imtiyoz va yengilliklar taqdim etilgani, shuningdek, chet ellik sheriklar bilan o‘zaro aloqalarning mustahkamlangani milliy iqtisodiyotning salohiyatini oshirishga ko‘maklashmoqda", — deya e’tirof etdi u.

Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Xartmut Koshik: Germaniya O‘zbekiston qiyofasida o‘zining kuchli va ishonchli sherigini ko‘radi
"O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2016-yilning “Sog‘lom ona va bola yili”, deb e’lon qilinishi har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi keng qamrovli ishlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tardi, deb hisoblayman. Respublikangizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik, o‘zaro hurmat va ezgulik muhitining hukm surayotgani yuqori marralar qo‘lga kiritilishiga ko‘maklashayotgan muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, bu ko‘pmillatli va ko‘pdinli davlat qator mamlakatlar uchun tolerantlikning tantanasi sifatida namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekiston turli millat va elatlarning vakillari uchun umumiy uy bo‘lib qolgan.

Mamlakatda olib borilayotgan tashqi siyosat haqida to‘xtalar ekanmiz, davlatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvidagi faolligini qayd etish zarurdir. Ko‘pgina xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosi hisoblanadigan O‘zbekiston jahondagi ko‘p davlatlar bilan samarali hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Respublikaning tashqi siyosiy yo‘li mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka yo‘naltirilgan. Prezident Islom Karimovning barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari respublikaning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishga ko‘maklashmoqda.

Xitoy manzarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston–Xitoy: xalqlar farovonligi yo‘lidagi hamkorlik
O‘mon Sultonligi va O‘zbekistonni iliq do‘stona munosabatlar bir-biriga bog‘laydi. O‘zaro delegatsiyalar tashriflarining almashuvlari muntazam tus olgan savdo-iqtisodiy va hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2009-yili O‘monga buyurgan tashrifi tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishlari mushtarak ekanligini anglatadi.

Jo‘g‘rofiy jihatdan bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘lishiga qaramay, davlatlarimizni umumiy tarixiy ildizlar birlashtirib turadi. Shu boisdan qayd etish joizki, boy tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik, shubhasiz, ustuvor o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston islom va jahon sivilizatsiyasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalarning Vatani hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, o‘zbek xalqini yaqinlashib kelayotgan bayram — Mustaqillikning 25-yillik yubiley sanasi bilan tabriklar ekanman, respublika va uning aholisiga bardavom taraqqiyot va farovonlik tilayman", — deya o‘z tabrigiga yakun yasagan elchi.

Yangiliklar lentasi
0