Bishkek chegarada qirg‘izistonliklar qo‘lga olingani haqida ma’lumotga ega emas

Bishkek chegarada qirg‘izistonliklar qo‘lga olingani haqida ma’lumotga ega emas
Bishkek chegarada qirg‘izistonliklar qo‘lga olingani haqida ma’lumotga ega emas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ikki mamlakat chegarasidagi nizoli hududda o‘zbek harbiylari tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarolari haqida ma’lumotga ega emas, dedi Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi vakili Sajira Chokoloyeva RIA Novosti muxbiriga.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ikki mamlakat chegarasidagi nizoli hududda o‘zbek harbiylari tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarolari haqida ma’lumotga ega emas, dedi Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi vakili Sajira Chokoloyeva RIA Novosti muxbiriga.

Qirg‘izistondagi Kerben 24-radioreley tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston 7 o‘zbek militsioneri vertolotda Unqur toqqa qo‘ngani haqida bong urmoqda
Ilgariroq Qirg‘iziston chegara xizmati 22-avgust kuni O‘zbekiston IIVning o‘nga yaqin xodimi o‘zbek-qirg‘iz chegarasining belgilanmagan qismi —Unqur tog‘ hududiga tushganini ma’lum qilgandi. Qirg‘iz OAVlari o‘zbekistonliklar mazkur hududda joylashgan teleminora atrofida yurgan bir nechta qirg‘izistonliklarni qo‘lga olishgani haqida xabar tarqatishdi.

"Ayni paytda biz Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining o‘zbek harbiylari tomonidan ushlangani haqida ma’lumotga ega emasmiz", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, ushbu hodisa yuzasidan ikki mamlakat chegara xizmati vakillari o‘rtasida Qirg‘iziston tomoni tashabbusi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. "Uchrashuv tez orada boshlanadi, shundan keyingina ma’lumot tarqatamiz", — dedi u.

Dushanba kuni O‘zbekiston qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi ruxsatnoma berish punktlarini vaqtincha yopdi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmatida xabar berishlaricha, uchinchi davlat fuqarolari oddiy rejimda chegaradan o‘tishlari mumkin.

O‘zbekiston chegarachi harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarani vaqtincha yopdi
Chegaradan shuningdek, vataniga qaytayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham o‘ta oladilar.

Dushanba kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbariyati va respublika mudofaa Kengashi kotibiyati bilan o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida chegara xavfsizligini kuchaytirishni talab qilgandi. Atambayev qo‘shni davlatlar bilan chegara borasidagi savollar “Qirg‘iziston Respublikasining milliy manfaatlari ustunligini ko‘zlab” hal qilinishi lozimligini ta’kidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0