O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarani vaqtincha yopdi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanO‘zbekiston chegarachi harbiylari
O‘zbekiston chegarachi harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yillik bayrami munosabati bilan kiritilganiligi aytilmoqda. Uchinchi davlat fuqarolariga ushbu cheklovlar ta’sir etmasligi qo‘shimcha qilingan.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik arafasida Qirg‘iziston bilan chegarani vaqtincha yopdi, deb xabar qilgan Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining matbuot-xizmati vakili.

"O‘zbekiston 22-avgustdan boshlab qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi nazorat punktlarini yopdi. Uchinchi davlat fuqarolari chegaradan odatiy tartibda o‘tkaziladi", — deb xabar qilgan manba.

Xabarda ta’kidlanishicha, shuningdek, o‘z yurtiga qaytib kelayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga chegarani kesib o‘tishlariga ruxsat beriladi.

Yangiliklar lentasi
0