TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning oxirga qadar mamlakatni kesib o‘tgan xalqaro avtomagistrallarni yangi og‘irlik standartiga o‘tkazish dasturi amalga oshirilmoqda, respublika Yo‘l fondi vakili xabariga asosan.
Uning so‘zlariga qaraganda, Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston Janubiy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan o‘ziga xos chorrahaga aylanmoqda. Mamlakat hududini kun sayin yuzlab yuk avtomobillari kesib o‘tadi. Bugungi kunda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarning katta qismi sobiq Ittifoq davrida qurilgan bo‘lib, ular zamonaviy yuk avtomobillariga og‘irligiga dosh bermaydi.
“Mahalliy avtomobilchilarga “garmoshka” tushunchasi yaxshi tanish. O‘zbekistonning issiq iqlimida yozda asfalt o‘ta yuqori darajagacha qiziydi, shu vaqtda uning ustidan og‘ir yuk mashinasi o‘tganda yo‘lda garmoshka paydo bo‘ladi. O‘nlab yillar oldin qurilgan yo‘llar, zamonaviy avtomobillar og‘irligiga dosh bera olmaydi”, — deydi mutaxassis.
Ekspertning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda 2013-yildan beri respublika avtomagistrallarini yangi og‘irlik standartiga o‘tkazish dasturi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra yuk avtomobilining har bir o‘qiga tushadigan og‘irlik 10 tonnadan 13 tonnaga oshirilmoqda. Yangi quriladigan yo‘llar esa, boshidan yangi standart bo‘yicha quriladi.
Ushbu yilning oxiriga qadar o‘zbekistonlik avtoyo‘lchilar Milliy magistral tarkibiga kiruvchi 120 km yo‘lni yangi og‘irlik standartiga o‘tkazishni rejalashtirishgan. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilshi rejalashtirilgan ishlar va ajratiladigan moliya hajmi yil sayin bir necha barobar oshirib borilmoqda. Mablag‘lar Respublika yo‘l fondidan ajratiladi.
Yaqin to‘rt yil ichida, asosiy yangilash ishlari "Buxoro-Qarshi-G‘uzor-Termez" va "Beynau-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-Toshkent-Andijon" yo‘nalishlarida amalga oshirish rejalashtirilgan.