TOShKENT, 11-may – Sputnik. Yevropa Qayta Tiklash va Taraqqiyot banki (YeTTB) hamda Osiyo Infraqurilmalar Investitsiya banki (OIIB) O‘rta Osiyoda tezurar avtomagistrallar qurish borasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi, banklar press-relizi ma’lumotiga asosan.
Chorshanba kuni OIIB prezidenti Szin Litsun va YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti banklar orasida o‘zaro tushunish haqidagi memorandumni imzolashdi. Imzolash marosimi Londonda YeTTBning 25-yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.
Xabarga ko‘ra, banklar birgalikda ishtirok etadigan birinchi umumiy loyiha bu Dushanbedan O‘zbekiston chegarasigacha bo‘lgan avtomagistral qurilishidir. Kelajakda ushbu yo‘l "Sharq-G‘arb" tezurar avtomagistralining O‘rta Osiyodagi bo‘lagiga aylanadi.
YeTTB direktorlar kengashi ushbu loyihani moliyalashni ma’qulladi. OIIB rahbariyati ham ushbu qarorni iyun oyida tasdiqlashi kutilmoqda. Banklar O‘rta Osiyo hududida bundan boshqa bir necha loyihalarni ham birgalikda amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.
Memorandumda qayd qilinishicha, hamkorlik boshqaruvchilar darajasidagi doimiy dialog, ma’lumot almashish, umumiy siyosat va strategiya ko‘rinishida olib boriladi.
YeTTB 1991-yilda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi xususiy va davlat loyihalarini moliyalash uchun tashkil qilingan. Bugungi kunda bankning Markaziy Yevropadan O‘rta Osiyogacha va O‘rta yer dengizi bo‘yidagi 36 mamlakatda vakolatxonalari bor.
Osiyo Infraqurilmalar va Investitsiya banki 57 mamlkatni o‘z ichiga birlashtirgan. Bank 2015-yilning 29-iyunida, asosan, Osiyo va Tinch okeani hududida infraqurilmalarni moliyalash uchun tashkil qilingan. Ustav kapitali 100 mln $ bo‘lgan bankning eng yirik sarmoyadorlari – Xitoy, Hindiston va Rossiyadir. kun.uz — o‘g‘irlama!
Eslatib o‘tamiz, oxirgi bir nech yil davomida Xitoy “Iqtisodiy Buyuk Ipak Yo‘li” g‘oyasini ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, Xitoydan Yevropa, Boltiq bo‘yi va Yaqin Sharq mamlakatlariga qadimgi Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab avtomobil va temiryo‘l harakati tashkil qilinishi va bu olib borilayotgan yuklarning Yevropaga suv yo‘lidan ko‘ra tezroq yetib borishini ta’minlashi va undan tashqari yo‘l yo‘lakay joylashgan malakatlar bozorlarida ham Xitoy tovarlarning savdosini oshirishi kerak.