TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2016-yilda Osiyo Taraqqiyot bankidan 405 mln $ kredit oladi. Ushbu mablag‘ O‘rta Osiyoni Xitoy va Rossiya bilan bog‘lovchi tranzit koridor avtoyo‘llari rekonstruksiyasini yakunlashga
“Loyiha hujjatlarini tayorlash oxirgi bosqichda, ushbu tadbir O‘zbekiston va OTB orasida uch yillik hamkorlik shartnomasiga kiritilgan”, — dedi Yo‘l fondi vakili, Logistika masalalari bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida. OTB mablag‘i uch transh bilan 2018-yilga qadar yetkizib beriladi.
Hozirgi kunga kelib O‘zbekiston tranzit avtomobil koridoriri rekonstruksiya qilish maqsadida 1,1 mlrd $ mablag‘ jalb qildi. Ushbu sarmoya G‘uzor — Buxoro – Nukus – Beynau (A-380) avtoyo‘lini rekonstruksiya qilish va Toshkent – Andijon (A-373) avtoyo‘llarini qayta qurishga mo‘ljallangan. Rekonstruksiya qilinadigan yo‘lning umumiy uzunligi 450 km ni tashkil qiladi.
2009 yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti qiymati 3,44 mlrd $ bo‘lgan, I kategoriyali Milliy avtomagistral qurilish dasturini tasdiqlagan edi. Ushbu dastur doirasida 2020-yilga qadar O‘zbekiston hududida umumiy uzunligi 2306 km bo‘lgan avtoyo‘lning to‘rt bo‘lagini qurish rejalashtirilgan. Loyihani moliyalash 2,07 mlrd $ O‘zbekiston hukumati hisobidan dollar va 1,37 mlrd $ — chet el kreditlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbek mutaxassislari fikriga ko‘ra, yangi magistral Rossiya bilan qulay va qisqa yo‘l oraqli ulanan bo‘lib Sharqiy Yevropani Xitoy bilan bog‘laydi. Koridorning ikkinchi qismi hozirgi kunda Xitoy tomonida “Osh-Qashg‘ar” yo‘nalishida qurilmoqda.
Eslatib o‘tamiz Xitoy ham qadimiy “Buyuk Ipak yo‘li” yo‘nalishida zamonaviy transport tranzit koridori loyihasini amalga oshirishga qattiq kirishgan. Bu haqda Xitoy Xalq respublikasi rahbari Li Szinpin 2013-yilda e’lon qilgan edi.
Ushbu strategiya "Buyuk Ipak yo‘li" bo‘ylab joylashgan mamlakatlar orasida savdo va sarmoyalar uchun to‘siqlarni kamaytirib, milliy valyutada hisob-kitob qilish hajmini oshirishni nazarda tutgan.