Jirinovskiy O‘zbekistonni SSSRga qo‘shilishga chaqirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy
LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Jirinovskiy yangi SSSR tuzishni taklif qilmoqda. Faqat u endilikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi deb emas, balki Ozod Sotsial Respublikalar Ittifoqi(Soyuz Svobodnix Sotsialnix Respublik) deb rasshifrovka qilinishi lozim.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Vladimir Jirinovskiy Twitter ijtimoiy tarmog‘ida bir nechta provokatsion postlarni nashr qildi. Jumladan, LDPR yetakchisi yangi ittifoq tuzish vaqti kelgani haqida yozgan.

​Siyosatchi fikriga ko‘ra yangi ittifoq tarkibidan Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ukraina, Gruziya, Moldaviya va Tojikiston davlatlari o‘rin olishi lozim.

Bundan tashqari SSSR endilikda Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi deb emas, balki Ozod Sotsial Respublikalar Ittifoqi (Soyuz Svobodnix Sotsialnix Respublik) deb rasshifrovka qilinmog‘i kerak.

LDPR yetakchi, "bir kunmas-bir kun harbiylar baribir Turkiya hukumatini egallaydi", deb ham qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0