TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Pxenyan Tinch okeani hududida joylashgan barcha Amerika harbiy bazalarini yo‘q qilib tashlamoqchi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Shimoliy Koreya TIV vakili so‘zlariga ko‘ra, "AQSh Koreya yarimoroli va unga qarashli regionlarga uzluksiz ravishda atom bombalarini tashuvchi samolyotlar, yadro quroliga ega suvosti kemalari va boshqa strategik qurollarni joylashtirib kelmoqda. Yaqinda esa THAAD raketa hujumiga qarshi mudofaa majmuasini Janubiy Koreyada joylashtirganini rasman e’lon qildi. Hozirda vujudga kelgan vaziyatdan xulosa chiqarish mumkin-ki, Amerikaning Shimoliy Koreya tomonidan sodir bo‘ladigan xavfni bartaraf etish uchun yadroviy zarba berishga ko‘rayotgan tayyorgarligi xavfli va amaliy bosqichga o‘tmoqda".
"Amerikaliklar Shimoliy Koreyaga kutilmagan yadroviy zarba berish uchun o‘zlarining qurol-aslahalari bilan "shaqir-shuqur" qilayotgani yo‘q, ular bu orqali Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Rossiya va Xitoyni "egovlab" turish kabi yovuz strategik rejani amalga oshirmoqchi bo‘lyapti.
Biz AQSh tomondan chiqayotgan yadro urushi xavfini ildizi bilan quritamiz va dunyoni, mintaqani himoya qilib, tinchlikni saqlab qolamiz. KXDRning doimiy pozitsiyasi shunday iborat", — deya qayd etilgan ommaga e’lon qilingan hujjatda.