Shimoliy Koreya va AQSh urush yoqasida

© KRT Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar qilmoqda.
Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreyaga V-52 bombardimonchisini yuborayotganidan xabar topgan Shimoliy Koreya, agar Amerika ushbu qaroridan qaytmasa, yadro qurolini ishga solishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreyaga V-52 bombardimonchisini yuborayotganidan xabar topgan Shimoliy Koreya, agar Amerika ushbu qaroridan qaytmasa, yadro qurolini ishga solishini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganligi haqida xabar qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi

6 yanvar kuni Shimoliy Koreya AQSh tomonidan yo‘q qilinishi mumkinligi xavfini oldini olish maqsadida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Amerikaliklar bunga javoban Janubiy Koreyaga strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurol-aslahalarni kirita boshladilar.Yakshanba kuni Tinch okeanidagi amerikaning Guam harbiy bazasidan Janubiy Koreyaga uchar raketalar bilan qurollantirilgan V-52 bombardimonchisi olib kelindi. Shu kunlarda, Koreya qirg‘oqlariga “Ronald Reygan” atom aviatashuvchisi ham olib kirilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda.

"Atomga qarshi atom bilan, bu bizning javobimiz", — Shimoliy Koreyaning eng ommabop “Nodon sinmun” nashri shunday sarlavha ostida maqola chop etib, AQShning Koreyaga nisbatan siyosatini qoralab chiqdi.

"Hozir AQSh Janubiy Koreyaga o‘zining strategik bombardimonchisini olib kirishini muhokama qilyapti. Uning bu harakati vaziyatni urush yoqasiga olib kelyapti”, — ta’kidlaydi nashr. “Amerika “holatga real baho berishi” lozim. Koreyaga qarshi chiqish qanday yakun topishini “tarixga nazar solib” yana bir yodga olsa, yomon bo‘lmasdi. Amerikaliklarning baxtiga qarshi o‘tmishda “Koreya-Amerika” to‘qnashuvida biz g‘olib chiqqanmiz”, — deb yozadi "Nodon sinmun".

AQSh Shimoliy Koreya “o‘z qilmishiga yarasha jazo olishini” ma’lum qildi

2015 yilning oktabrida “Ronald Reygan" aviatashuvchisi Janubiy Koreyadagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarida qatnashgan. U 80ga yaqin harbiy samolyot va 5,4 mingga yaqin harbiy xizmatchilarga ega.

1950-1953 yillarda Koreya yarim orolidagi harbiy to‘qnashuv tinchlik bitimi bilan yakun topganidan beri Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreya munosabatlari “sovuq urush” holatida.

Pxenyanning tinchlik kelishuvini imzolashga va AQSh bilan rasmiy munosabatlarni tiklashga qilayotgan harakatlari natijasiz qolmoqda: Vashington ushbu masalani muhokama qilishdan keskin bosh tortib kelyapti. Amerika “Shimoldan kelishi mumkin bo‘lgan xavf”ning oldini olish maqsadida Janubiy Koreyaga 28 ming askarini joylashtirgan. Shimoliy Koreya esa Amerikaning ushbu harakatini fantaziya mevasi, deb hisoblab, to AQSh unga tahdid qilishni bas qilmas ekan, “yadro” qurolini kuchaytirib borishini e’lon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0