Turkiyadagi AQSh yadro quroli terrorchilar qo‘liga tushishi mumkin

© AP Photo / JOE CAVARETTAAQShning B61 aviabombasi
AQShning B61 aviabombasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetarli texnik uquvga ega bo‘lgan kishi, bir necha soat vaqt va kerakli asboblar yordamida NATO qurol yarog‘ omborini ochib, yadro qurolini olib uning himoya mexanizmini aylanib o‘tish mumin, - deb yozadi New Yorker nashri.

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Turkiyada Injirlik harbiy bazada joylashtirilgan AQSh yadro quroli, terrorchilar yoki boshqa “dushmanlar” qo‘liga tushib qolishi mumkin, deyilgan  Stimson Center ochiq notijorat siyosiy markazi hisobotida.

“Turkiyada uzoq vaqt davom etadigan fuqaro urushi boshlanganida, AQSh o‘zining Injirlik harbiy bazasida joylashtirilgan 50 ta vodorod bombasi (V61) ustidan to‘liq nazorat saqlab qola olrmikin — bu javob berib bo‘lmaydigan savol”, — deyilgan markazning “B61 Life Extension Program: Costs and Policy Considerations” nomli hisobotida.   

Turkiya NATO koalitsiyasiga Injirlik aviabazasidan foydalanishni ta’qiqladi

Hisobot mualliflaridan biri bo‘lgan, Leysi Xili (Laicie Heeley)ning fikriga ko‘ra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan, ushbu 50 AQSh bombasini Suriya chegarasidan 100km masofada joylashgan,  Injirlik aviabazasida saqlab turish, bu — “lotoreya o‘ynash” bilan barobardir.

“Ushbu qurol yevropa jang maydonida amaliy qimmatga ega emas va bugungi kunda bizning NATOdagi ittifoqdoshlarimiz oldida bu aktiv emas ko‘proq majburiyatga yaqin”, — deb hisoblaydi Xili. 

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, barcha vodorod bombalarni Yeropa hududidan olib chiqib ketish maqsadga muvofiq bo‘lar edi va bunday chora davlat budjetiga 6 milliard foyda keltirgan bo‘lar edi.

“Bizning zamonda ushbu bombalar urush olib borish uchun yaroqsiz. Undan tashqari ular o‘ta qimmat. Ularni Yevropadan olib chiqib ketish va uning o‘rniga, bizning NATOdagi ittifoqdoshlarimizni haqiqatdan ham himoya qiladigan, oddiy qurollarni kuchaytirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, — deb hisoblaydi Stimson Center tashkilotchilaridan biri Barri Blechman.  

Ushbu hisobot paydo bo‘lishiga, New Yorker jurnalida chop etilgan maqola sababchi bo‘lgan edi. Unda Turkiyadagi davlat to‘ntarilishi va Injirlik aviabazasida saqlanayotgan NATO yadro quroli xavfsizligi muhokama qilingan edi.

Testoviy maket novoy atomnoy bombi B61-12 - Sputnik O‘zbekiston
AQShning yangi atom bombasi nimaga qodir

Nashr xabariga ko‘ra, o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab AQSh G‘arbiy Yevropa, Gretsiya va Turkiyada 7 mingdan ortiq yadro qurollari joylashtirgani, lekin ushbu  qurollarni tashib o‘tish, saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda NATOning boshqa mamlakatlardagi vakillaridan foydalanilgani xabar qilingan edi. Bu holat esa, ushbu qurollar o‘g‘irlanishi va boshqa maqsadlarda ishlatilish xavfini tug‘dirgan edi.

Keyinroq esa, bombalar ichida kodli qulflar o‘rnatilib, kod noto‘g‘ri kiritilgan holda, ular portlashini blokirovka qilish tizimi kiritilgan edi. Yetarli texnik uquvga ega bo‘lgan kishi ushbu xavfsizlik tizimini ochishi mumkin, deb hisoblaydi New Yorker. Bir necha soat vaqt va kerakli asboblar yordamida NATO qurol yarog‘ omborini ochish, va yadro qurolini olib uning himoya mexanizmini aylanib o‘tish mumin. Shundan keyin esa, bombani portlatishga bir necha soniya kerak bo‘ladi, xolos.

Yangiliklar lentasi
0