Turkiya NATO koalitsiyasiga Injirlik aviabazasidan foydalanishni ta’qiqladi

Obuna bo‘lish
Turkiya hukumati AQSh va uning ittifoqchilariga Injirlik aviabazasidan foydalanishni ta’qiqladi.Xususan, aviabaza har tomondan to‘silib, elektr ta’minotidan uzildi.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik.Turkiya hukumati AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga Injirlik aviabazasidan foydalanishni ta’qiqladi.Ayni damda aviabaza har tomondan to‘silgan va elektr ta’minotidan uzilgan.Aviabazadan har qanday parvozlar amalga oshirish mutlaq ta’qiqlangan.

Injirlik aviabazasi AQSh, GErmaniya, Buyuk Britaniya, Qatar, Saudiya ARabistoni harbiy havo kuchlari tomonidan IShIDga zarba burish uchun foydalanilayotgan edi.Turkiyadagi AQSh elchixonasi o‘z fuqarolariga Injirlik aviabazasi elektr ta’minotidan uzilganini va to uning faoliyati qayta tiklanmangunicha aviabazaga yaqinlashmaslikni so‘ragan edi.

Premyer-ministr Tursii Binali Yildirim - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya: AQSh endi bizga do‘st emas

Turkiyada bo‘lib o‘tgan isondan keyin, mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim bundan buyon AQSh Turkiyaga do‘st emas, deb e’lon qilgan edi. Buning sababi, Turkiyada hukumati mamlkatda bo‘lib o‘tgan harbiylar isoniga "AQShning ham hissasi bor" deb hisoblamoqda.

15 iyul kechasi Turkiyada bir guruh harbiylar tomonidan hukumatni qo‘lga olishiga urinishi bo‘ldi. Turkiya parlamenti, prezident saroyi, Takqsim maydoni va yana bir necha binolar bombardimon qilindi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on teleefirdan qilgan murojaatidan so‘ng minglab fuqarolar ko‘cha va maydonlarga chiqib, harbiylarga to‘sqinlik qilishdi.

Popitka gosudarstvennogo perevorota v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada qo‘rqinchli tun: 60 qurbon, isonchilarning yerdan va ko‘kdan hujumi

Erta tongga qadar qo‘zg‘olon rasmiy hukumatga vafodor bo‘lgan politsiya, jandarmeriya va minglab oddiy fuqarolarning bevosita ko‘magi yordamida bostirildi.Unga aloqador bo‘lgan harbiylardan 2800 kishi hibsga olindi. Bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda 161 kishi qurbon bo‘lgani va 1440 kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0