AQShning yangi atom bombasi nimaga qodir

© ENERGY.GOVTestoviy maket novoy atomnoy bombi B61-12
Testoviy maket novoy atomnoy bombi B61-12 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh V61-12 aviabombasini yangilaganini e’lon qildi. Jurnalistlar yangi bomba nimalarga qodir ekanini bilan qiziqdi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. AQSh yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi (NNSA) yangilangan B61-12 atom bombasi ishlab chiqarishga tayorgarlik boshlanganini e’lon qildi. Rossiyalik mutaxassislar ushbu xabardan keyin yangi bomba qanday xavf tug‘dirishi va undan qanday himoyalanish mumkinligini o‘rganmoqda.

AQShning V61 rusumli termoyadroviy bombasi 1960-yillarda ishlab chiqarila boshlagan. NNSA xabariga ko‘ra, ushbu yangilash bombaga AQSh qurolli kuchlari safida yana 20-yilga qolish imkonini beradi.

B61ning yangilash jarayoni to‘rt yil davom etdi. Ushbu bomba strategik bombardimonchi samolyotlar, ya’ni o‘ta uzoq masofaga uchuvchi va taktik samolyotlar (yaqin masofaga uchuvchi) yordamida qo‘llanishi mumkin.  

2020 yildan boshlab AQSh B61-12 bombalarni Yevropadagi harbiy bazalarda joylashtirishni rejalashtirgan. Hozirgi kunda ushbu bazalarda bombaning eski modeli saqlanmoqda.

Harbiy fanlar doktori, Geopolitika muammolari akademiyasi prezidenti Konstantin Sivkovning so‘zlariga qaraganda  B61-12 juda tez orada yevropadagi bazalarda paydo bo‘lishi mumkin, chunki bomba to‘liq qayta ishlanmasdan, faqat uning tashqi qobig‘i yangilangan xolos.

Sivkovning so‘zlariga qaraganda, bombaning yangi modifikatsiyasi maqsadga juda aniq tushishi bilan farq qiladi. Bir necha kilometr balandlikdan tashlangan bomba ko‘rsatilgan maqsaddan bir necha metrda tushishi mumkin. Bu asosan chuqur yer ostida joylashgan, yaxshi himoyalangan qo‘mondonlik boshqaruv punktlarini yo‘q qilish uchun kerak. Ularni faqat  aniq  tushgan atom bombasi yordamida yo‘q qilish mumkin.

Rossiya tomonidan bunga javoban faqat bir chora bo‘lishi mumkin – “Iskander” raketa majmuasi uchun yadroviy jangovor qism yaratish. Mutaxassis fikriga ko‘ra, bundan boshqa samarali “javob” yo‘q.

Federatsiya Kengashining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Viktor Ozerovning so‘zlariga qaraganda, qurol-yarog‘ni yangilash – xalqaro huquq normalariga zid emas, lekin yangi qurol AQSh va Rossiya orasidagi yadroviy tenglikni buzishi mumkin. Bizning mutaxassislar yangi bomba tug‘dirayotgan xavflarni o‘rganib chiqib, zarurat bo‘lsa, unining zararini kamaytiruvchi choralar ishlab chiqishadi, dedi Ozerov.  

Yangiliklar lentasi
0