Putin: Ukraina chorasiz qolib, endi terror yo‘liga o‘tdi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim yarimorolida Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan maxsus jinoiy guruh sodir etmoqchi bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatlariga keskin munosabat bildirdi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya yetakchisi ro‘y bergan holatni "ahmoqona va jinoiy aksiya" deb atab, ayni damda "normand shaklida" uchrashuv o‘tkazish befoyda ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. RIA Novosti xabari asosida.

Federal Xavfsizlik Xizmati teraktning oldini oldi

Kuni kecha Rossiya FXX Qrim yarimorolida yuz berishi mumkin bo‘lgan teraktning oldini oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘poruvchilik ishlari Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan.

Rossiya va ukraina chegarasidagi Qrim yozuvi bitilgan stela - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina razvedkachilari Qrim yarimorolida terakt uyushtirmoqchi bo‘ldi
Teraktlar Qrim yarimorolining eng muhim infratuzilmalarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan va bundan maqsad saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida yarimoroldagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish bo‘lgan.

"Rossiyskaya gazeta" nashri xabariga ko‘ra, diversantlar Simferopol-Yalta trassasini portlatmoqchi bo‘lgan.

Bir guruh jinoyatchilar 7-avgustga o‘tar kechasi Qrim yarimorolining Armansk tumanida qo‘lga olingan. Bu ishda mahalliy aholining hushorligi katta foyda bergan.

Jinoyatchilarni qo‘lga olish operatsiyasi davomida bir FXX xodimi halok bo‘lgan, yana bir rossiyalik harbiy Ukraina tomonidan ochilgan o‘t qurboniga aylangan.

To‘qnashuv joyida kuch ishlatish organi xodimlari Ukraina armiyasi maxsus bo‘linmasiga tegishli qurol-aslahalar hamda 20 dona qo‘lbola bombani topishgan. Qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishda gumonlanib 7 nafar shaxs hibsga olingan. Qrim yarimorolida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Terrorga o‘tish

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘lib o‘tgan hodisani "xavfli o‘yin" deb atadi hamda Ukraina vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishning o‘rniga, endi terror yo‘liga o‘tdi, deya ta’kidladi.

"Bir qarashdan bu ahmoqona bir jinoiy aksiya. Ahmoqona deganimning boisi, Qrim yarimorolida yashab kelayotgan odamlarga bu tarzda ijobiy ta’sir o‘tkazishning iloji yo‘q, jinoiy deganimning sababi esa, bu xavfli o‘yinda odamlar halok bo‘lishi mumkin edi", — deya ta’kidladi prezident.

Vladimir Putinning fikricha, bu o‘yinni amalga oshirishdan birgina maqsad Ukraina aholisini mamlakatdagi inqirozga uchragan iqtisodiy sharoitdan, Kiyevni qo‘lga olib, o‘z xalqini o‘marishda davom etayotgan shaxslardan imkon qadar chalg‘itish.

Befarq bo‘lmaymiz

Putin ikki harbiy o‘limiga Rossiya ko‘z yummasligini ta’kidladi. "Bu kabi holatlar yonidan befarq o‘tmaymiz. albatta", — dedi u. Rossiya yetakchisi fuqarolar hamda infratuzilma obyektlari xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini qo‘shimcha qildi. "Buning uchun jiddiy qo‘shimcha va texnik choralar ko‘riladi, ammo bu ham hammasi emas", — dedi Putin.

"Normand shakli" bo‘yicha zarba

Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra, bugungi kunda ro‘y bergan voqealardan so‘ng, "normand shakli"dagi uchrashuvlardan hech qanday naf yo‘q.

BMT Xavfsizlik kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya BMTda Ukrainaning Qrim haqidagi taklifiga veto qo‘ydi
Bugungi kunda Kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatlayotganlar, ular kelajakda nimani xohlashlarini aniq belgilab olishlari lozim: ularning mijozlari kelajakda ham bu kabi fitnalarni uyushtirishda davom etishinimi yoki vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishnimi?

Rossiya yetakchisi Ukraina ittifoqdoshlari, va nihoyat, Kiyev hukumatiga bosim o‘tkazish uchun aniq choralar ko‘rishlariga umid bildirishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0